Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Oshpazlar gigiyenik ta’lim kurslarida o‘qishlari lozim

Oshpazlar gigiyenik ta’lim kurslarida o‘qishlari lozim

25-07-2025, 09:11
55

⚡️⚡️ Oshpazlar gigiyenik ta’lim kurslarida o‘qishlari lozim

🔰 Sanepidqo‘mitaning 28.09.2021 yildagi 122-sonli buyrug‘iga asosan, umumiy ovqatlanish korxonalari oshpazlari hamda boshqa ishchi-xizmatchilari bir yilda bir marotaba gigiyenik ta’lim kursida o‘qitilishi belgilab qo‘yilgan. 

❗️Sanminimum kursi davomida: 

✅ Shaxsiy gigiyena va qo‘l yuvish qoidalari, maxsus sanitariya kiyimlarida ishlash talablari; 
✅ Mahsulotlarni qabul qilish, saqlash hamda taom tayyorlash talablari; 
✅ Tez buziladigan mahsulotlar yaroqsizligining asosiy belgilari; 
✅ Tayyor taomlarni saqlash qoidalari va ruxsat etiladigan muddatlari; 
✅ Yuqumli kasalliklarga, hasharotlarga va kemiruvchilarga qarshi kurash usullari, ya’ni dezinfektsiya, dezinsektsiya hamda deratizatsiya kabi tadbirlarning amalga oshirilishi; 
✅ Oqilona (ratsional) ovqatlanish, mahsulotlarni va tayyor taomlarni vitaminlar bilan boyitish to‘g‘risida tushuncha beriladi.

🔰Sanepidqo‘mita  Shovot tuman bo'limi axborot xizmati 

Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.