O'zbekiston Respublikasida 2024–2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-308-son 30.08.2024 y.) qabul qilindi
Xokkey sporti yanada rivojlantiriladi
“Xokkey sport turini rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-334-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi. Unga ko'ra, xokkey sport turi bo'yicha terma jamoalar va sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish xokkey sport turini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi. 2025-yildan boshlab har yili: xokkey sport turi bo'yicha xalqaro tashkilotlar va chet ellik mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, shuningdek, ilmiy-amaliy anjumanlar o'tkazib boriladi; “Sport faoliyati” (xokkey)” bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalarining xokkey klublari sport bazalarida amaliyotini tashkil etish choralari ko'riladi. O'zbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi bo'yicha sport klublari va nodavlat sport ta'lim tashkilotlari uchun foyda solig'i 3 yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi. O'zbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi bo'yicha sport klublari va nodavlat sport ta'lim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan yo‘naltiriladigan homiylik xayriyalari summasi foyda solig'ini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi.
Shovot tumani YXKM boshlig‘i K.X.Ismoilov
Rahbarlar va ularning o'rinbosarlariga og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi
Jamoat ishlari jamg'armasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi negizida Kambag'allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg'armasi tashkil etiladi. 2025-yil uchun uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan subsidiyalar sonini 1,2 baravarga oshirish nazarda tutiladi. 2024–2025-yillarda tajriba tariqasida og'ir ahvoldagi oilalarni kambag'allikdan chiqarish maqsadida joylardagi tashkilotlarining 14 mingta rahbarlari va ularning o'rinbosarlarining har biriga har 6 oyda 5 tadan eng og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi. 2025-yil 1-apreldan:Samarqand va Toshkent shaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Kambag'al oilalar reestriga kiritilgan boquvchisini yo'qotgan to'liq bo'lmagan oilalar, mehnatga layoqatli a'zosi bo'lmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron a'zolari mavjud oilalardagi o'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko'rsatiladi; ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda g'amxo'rlik ko'rsatish hamda tarbiyalash xizmatini ko'rsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etiladi; YTT sifatida ro'yxatdan o'tgan jismoniy shaxslarga alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning kunduzgi parvarish xizmatlarini hamda yuridik shaxslarga nogironligi bo'lgan bolalar, shu jumladan, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko'rsatishga ruxsat beriladi.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti D.A.Azamatova
Kambag'al oilalar farzandlari davlat bog'chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
2025-yil 1-yanvardan kambag'al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi; 2025-2026-o'quv yilidan, kambag'al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi; 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg'armasi tomonidan kambag'al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi. Shuningdek, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida: kambag'al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi; tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so'mgacha bo'lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko'chma do'konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti I.O.Raximberganov
Eng og'ir ahvoldagi 1000 ta mahalla infratuzilmasi yaxshilanadi
“Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-330-son, 23.09.2024y.) qabul qilindi.Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi: “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi; 2024–2025-yillarda aholini kambag'allikdan chiqarishning yo'nalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli ko'rsatkichlari. Shuningdek, eng og'ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, ro'yxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1-noyabrgacha tasdiqlanadi. 2024-yil 1-dekabrgacha tadbirkorlik faoliyati hamda aholining barcha qatlamlariga yashash va dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2024–2025-yillarda tuman va shaharlarni jadal kompleks rivojlantirish, shu jumladan, ularda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlar tasdiqlanadi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” dasturlari hamda mikromoliya tashkilotlari orqali joriy yil yakunigacha 4 trillion so'm, 2025-yilda 15 trillion so'm kreditlar ajratilishi ta'minlanadi.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti A.A.Sharipboyev
Kambag'al oilalar reyestri shakllantiriladi
Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-dekabrdan “mahalla yettiligi” tomonidan kambag'al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag'allikka tushish sabablarini o'rganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag'al oilalar reyestri shakllantiriladi. kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band bo'lmagan a'zolari ishga joylashganda, o'zini o'zi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yganda ushbu nafaqa va moddiy yordamni ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan ko'p bo'lmagan muddatga to'lash davom ettiriladi; mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo'lmagan oylik ish haqi to'langan holda ishga joylashgan Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oila a'zosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada to'lanadi; kambag'al oilalarga ko'mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila a'zolarining bandligini ta'minlash, o'z tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila a'zolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni o'rganishi hamda sog'lig'ini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda ko'rsatiladi.
Shovot tumani YXKM boshlig’i K.X.Ismoilov
Aholi turmush farovonligi yanada oshiriladi
“Kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-143-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi .Farmonga ko'ra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag'allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.Kambag'allikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va to'plangan milliy tajriba hamda ilg'or xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni o'zi va farzandlari kelajagi uchun mas'uliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish bo'yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi. Dastur 2024-yil 1-noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag'al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas'uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi: barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish; ta'lim olish va kasb-hunar o'rganish; kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish; ijtimoiy xizmatlardan foydalanish; yashash sharoitlarini yaxshilash; davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish; davlat organlari xodimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti D.A.Azamatova
Kredit tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari faoliyatida axborot xavfsizligi kuchaytiriladi
“Kiberxavfsizlikni ta'minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-964-son, 20.09.2024 y.) qabul qilindi. Qonunga ko'ra, Markaziy bank faoliyatini tartibga soluvchi, banklar, nobank kredit tashkilotlari, to'lov tizimlari operatorlari, elektron hukumat faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta'minlash belgilanmoqda. Shuningdek, avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish va bank siri sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, Markaziy bank mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari , shuningdek banklar, to'lov tashkilotlari, to'lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalarining hamda kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish bo'yicha choralar ko'radi. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti I.O.Raximberganov
Fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlari yanada mustahkamlanadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-963-son, 20.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Qonunga ko'ra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bog'liq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda. Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi Qonuniga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o'tash chog'ida fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emasligi belgilanmoqda. Bundan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida”gi Qonuniga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o'z faoliyati yo'nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqliligi belgilanmoqda.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti A.A.Sharipboyev
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ'ibotning innovatsion usullaridan foydalaniladi
“2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi Hukumat Qarori (588-son, 18.09.2024 y.) qabul qilindi. Unga ko'ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi: shaxs, davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish; jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ'ibotning innovatsion usullarini joriy qilish; aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish; huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish. Shuningdek, Dasturda belgilangan chora-tadbirlar o'z vaqtida, to'liq va sifatli amalga oshirilishi hamda natijasi bo'yicha ma'lumotlar har chorak yakunida Adliya vazirligiga taqdim etib borilishi uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Shovot tumani YXKM boshlig’i K.X.Ismoilov
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga qabul davom etadi
Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o'qish istagida bo'lganlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratildi: Oliy ta'lim tashkilotlariga kirish test sinovlarida "Yurisprudensiya" yo'nalishida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 25-sentyabrgacha my.uzbmb.uz saytida yuridik texnikumlarni tanlashi mumkin. Bunda, abituriyentlar tomonidan ta'lim tilini o'zgartirgan holda tanlovda ishtirok etishi mumkin.Belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq YUridik texnikumlarda sirtqi ta'lim shakli bo'yicha o'qish istagida bo'lgan fuqarolar 2024-yil 25-sentyabrgacha Yuridik texnikumlarga ariza bilan murojaat qilishi lozim. Bunda, ushbu fuqarolar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan yozma imtihonlar natijalariga ko'ra to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilinishi mumkin.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti D.A.Azamatova
“Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Muammolarni o'rganish moduli ishga tushiriladi
“Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat Qarori (557-son, 09.09.2024 y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, 2024-yil oktyabr oyidan “Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va tizimli hal etish moduli (Muammolarni o'rganish moduli) ishga tushiriladi. Muammolarni o'rganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo'yicha “mahalla — tuman — viloyat — respublika” darajasida hal etilishi ta'minlanadi. Muammolarni o'rganish moduliga kiritilgan masalalarni, birinchi navbatda, mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika darajasida hal etish va monitoringini yuritishni nazarda tutuvchi mexanizm joriy qilinadi; Muammolarni o'rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlarni mas'ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o'rganib chiqish va hal etishni ta'minlash maqsadida ular uchun foydalanuvchi kabinetlar tashkil etiladi. 2024-yil 1-oktyabrdan doimiy ravishda Muammolarni o'rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan monitoring yuritiladi.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti I.O.Raximberganov
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-959-son, 10.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi Unga ko'ra, intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga ko'ra huquqbuzar tomonidan tovon to'lash tartib-taomili joriy etilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda. Jumladan, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra: Patent egasi o'zining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi o'rniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to'lashini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat'i nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda to'lanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti A.A.Sharipboyev
“Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari ishga tushiriladi
2024-yil yakunigacha “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari amaliyotga joriy etiladi; davlat tibbiy sug'urtasining axborot tizimi ishlab chiqiladi hamda amaliyotga joriy qilinadi; tibbiyot muassasasi rahbariga muassasaning quvvati doirasida bo'linmalar ixtisoslashuvini, ulardagi davo o'rinlari sonini o'zgartirish hamda ajratilgan mablag'lar doirasida xodimlar sonini ish hajmiga muvofiq belgilash vakolati beriladi; tibbiyot muassasalari uchun tasdiqlangan shtat me'yorlari tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi hamda 2025 yil 1 iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to'lashning alohida tartibi hamda shartlari tatbiq etiladi; ko'rsatilayotgan tibbiy yordamning tasdiqlangan standart hamda protokollarga muvofiqligi va sifati nazorat qilinadi. 2025-yil 1-aprelgacha Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar davolanadigan kasalliklar ro'yxati hamda bazaviy narxlari kasalliklarni davolash yo'nalishlari asosida barcha tibbiyot tashkilotlari uchun qayta tasdiqlanadi.
Shovot tumani YXKM boshlig‘i K.X.Ismoilov
Fuqarolar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega bo'ladi
2025-yil 1-iyuldan quyidagilar davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tuman (shahar) va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarida rejali stasionar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega bo'ladi: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i yoki ijtimoiy soliq to'lovchilar; Soliq kodeksiga muvofiq mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun belgilangan miqdorlarda soliq to'lagan shaxslar; voyaga yetmaganlar, ta'lim tashkilotlari o'quvchi-talabalari, homilador ayollar va ikki yoshga to'lmagan bolasini parvarishlayotgan shaxslar, mehnat organlarida ishsiz sifatida rasmiy ro'yxatdan o'tganlar, davlat pensiyasini oluvchilar hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan deb e'tirof etilgan oilalarning a'zolari. 2027-yil 1-yanvardan so'nggi bir yil davomida kamida 6 oy jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i yoki ijtimoiy soliq to'laganlar uchun davlat tibbiy sug'urtasi tizimida yuqori texnologik tibbiy yordam bepul amalga oshiriladi.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti D.A.Azamatova
Davlat tibbiy sug'urtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi va dorilar beriladi
“Davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-311-son, 05.09.2024 y.) qabul qilindi .Qarorga ko'ra, davlat tibbiy sug'urtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar ko'rsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat byudjetiga to'lanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan davlat tibbiy sug'urtasi uchun qo'shimcha to'lov undirilmaydi. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi, jumladan:davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari tasdiqlanadi va ushbu paketga kiritilgan tibbiy xizmatlar va dori vositalari Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi mablag'lari hisobidan taqdim etiladi; kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish uchun belgilangan muddatlarda tegishli tibbiy ko'riklardan o'tish, oilaviy shifokorga yoki tibbiyot brigadasiga murojaat qilish talab etiladi; shifokor rasmiylashtirgan elektron retsept asosida dori vositalari kafolatlangan paket doirasida bemorlarga dorixonalar tomonidan bepul beriladi va dorixonalarning tegishli sarf-xarajatlari Jamg'arma mablag'lari hisobidan qoplanadi (reimbursasiya dasturi); tibbiyot tashkilotlari faoliyatidagi jarayonlarni o'z ichiga oluvchi “Elektron sog'liqni saqlash” axborot tizimi yaratiladi hamda ishga tushiriladi; kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarni ko'rsatishga davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb etiladi; tuman (shahar), viloyat va respublika shifoxonalarida tibbiy yordam ko'rsatishda kasallikning og'irlik darajasidan kelib chiqib, bepul davolanadigan kasalliklar ro'yxati tasdiqlanadi va amaliyotga joriy etiladi; imtiyozli toifadagi shaxslar shifokor ko'rsatmasiga binoan axborot tizimi orqali shakllantiriladigan yo'llanma asosida Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan bepul davolanadi.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti I.O.Raximberganov
Yerlarning investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalaniladi
“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi. Farmonga ko'ra, qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi: Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to'lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan; boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to'lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan. Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to'liq to'langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi. Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko'p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko'rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti A.A.Sharipboyev
Nogironligi bo'lgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga bo'lgan huquqlarini ta'minlash uchun qo'shimcha sharoitlar yaratiladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-955-son, 05.09.2024 y.) bilan “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi Qonunga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi. Qonunga kiritilgan qo'shimcha va o'zgartirishlarga ko'ra: Davlat nogironligi bo'lgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi, shu jumladan sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi bo'lgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta'minlashga qaratilgan choralarni ko'radi. Nogironligi bo'lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki o'z vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi ta'minlanadi. Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi bo'lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, ko'rish bo'yicha nogironligi bo'lgan, o'rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, Qonun nogironligi bo'lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi bo'lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan to'ldirilmoqda.
Shovot tumani YXKM boshlig’i K.X.Ismoilov
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qo'shimcha vazifalar yuklatildi
“Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qaroriga ko'ra, dastur doirasida mikrokreditlar ajratish va resurs mablag'lari bilan ta'minlashda, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga moliyaviy mablag'larni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foiz band past stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga joylashtirish tartibi joriy etiladi. 2024 yil 1 noyabrdan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishda ular bo'yicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini tumanlar (shaharlar) toifasidan kelib chiqib, Kompaniya va mikrokredit beruvchilar o'rtasida taqsimlash tizimi joriy qilinadi. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga quyidagi vazifalar yuklatildi: qayta moliyalashtiriladigan yoki kafillik taqdim etiladigan mikrokreditlarning shartlariga, mikrokredit oluvchilarga qo'yiladigan talablarni va mikrokreditlar ajratadigan banklar va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan muvofiqlik mezonlarini belgilash; respublika byudjeti va boshqa manbalardan moliyaviy mablag'larni jalb qilish va ularni kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar bo'yicha tavakkalchiliklarni o'zaro taqsimlash asosida qayta moliyalashtirishga yo'naltirish; mikrokredit beruvchilar tomonidan o'z mablag'lari hisobidan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar bo'yicha portfel kafilliklar taqdim etish. “Kichik biznesni rivojlantirish jamg'armasi” MCHJning mol-mulklari baholashdan o'tkazmagan holda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qo'shib yuboriladi.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti D.A.Azamatova
Tovar va moliya bozorlarida sog'lom raqobat muhiti ta'minlanadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-954-son, 04.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritildi. “Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi bilan kelishishni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari “Raqobat to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish kiritilib, unga muvofiq xo'jalik yurituvchi subyekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya subyektlari jumlasiga kiritilsa, o'sha faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Jazolar tizimini liberallashtirish maqsadida raqobat to'g'risidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past ta'sir darajasiga ega bo'lgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xo'jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar tarzidagi javobgarlik choralari qo'llanilmasligini nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti A.A.Sharipboyev
“O'zbekiston Respublikasida 2024–2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-308-son 30.08.2024 y.) qabul qilindi
2024–2026-yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar; 2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi. yirik shaharlar o'rtasida qulay va tezkor avtomobil qatnovi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish maqsadida kamida 1 000 km zamonaviy pullik magistral avtomobil yo'llarini qurish va modernizasiya qilish, shu jumladan Toshkent–Samarqand yo'lini qurish ishlarini 2024-yilda hamda Toshkent–Andijon yo'lini 2026-yilda boshlash; yillik energiya yo'qotishlarini kamida ikki baravar pasaytirishni belgilagan holda barcha hududlarda elektr taqsimlash tarmoqlarini 2027-yil 1-iyulga qadar, tabiiy gaz taqsimlash tarmoqlarini esa 2027-yil yakuniga qadar xususiy operatorlarga topshirishni nazarda tutuvchi shartnomalarni imzolash; yiliga qo'shimcha 30 foizgacha elektr energiyasini tejash maqsadida 2028-yilga qadar barcha ma'nan eskirgan irrigasiya nasos stansiyalarini modernizasiya qilish bo'yicha kelishuvlarga erishish; toza va doimiy ichimlik suvi bilan ta'minlash qamrovini 87 foizga, markazlashgan oqova suv ta'minoti qamrov darajasini 30 foizgacha oshirishni nazarda tutgan holda 2028-yil yakuniga qadar har bir hududda ichimlik va oqova suv tarmoqlarini modernizasiya qilish va boshqaruvga berish uchun xususiy kompaniyalarni jalb qilish; 400 mingdan ortiq o'quvchilar sig'imiga ega zamonaviy ta'lim muassasalari hamda 300 mingdan ortiq tarbiyalanuvchilar sig'imiga ega maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil qilish maqsadida 2026-yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish va boshqarishni tashkil etish; ilg'or texnologiyalarga asoslangan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 100 mingdan ortiq bemorlarga xizmat ko'rsatuvchi ko'p tarmoqli shifoxonalarni qurish va ularni xususiy operatorlar boshqaruviga berish.
Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti I.O.Raximberganov