Tug'ilish va o'limni qayd etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
TUG‘ILISHNI QAYD ETISH UCHUN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR QAYSILAR ?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 206-moddasiga asosan.Bolaning tug‘ilishi uning tug‘ilganligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, ota-onaning oilaviy holati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qayd etiladi. Tug‘ilishni qayd etish bilan bir vaqtda otalikni belgilash. Agar ota-ona bolaning tug‘ilishini qayd etish bilan bir vaqtda otalikni belgilash haqida birgalikda ariza bersalar, ota haqidagi ma’lumotlar berilgan ariza asosida yoziladi, bolaga familiya ota-onaning kelishuviga binoan beriladi
O‘LIMNI QAYD ETISHDA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR HAQIDA BILASIZMI ?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 225-moddasiga asosan. O‘limni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma yoki fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori taqdim etilishi zarur.
FAMILYA, ISM VA OTA ISMINI O‘ZGARTIRISH OQIBATLARINI BILASIZMI?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 227-moddasiga asosan. Familiya, ism va ota ismi o‘zgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari yozuvlariga tegishli o‘zgartishlar kiritadi. Er (xotin)ning familiyasi o‘zgartirilishi (unga nisbatan otalik belgilanganda ham) xotin (er)ning hamda uning voyaga yetgan bolalari familiyasini o‘zgartirishga sabab bo‘lmaydi. Ota-ona har ikkalasining familiyasi o‘zgartirilganda ularning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari familiyasi ham o‘zgartiriladi. Agar ota-onadan biri o‘z familiyasini o‘zgartirsa, ularning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari familiyasini o‘zgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv bo‘lmaganda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal etiladi. Ota ismining o‘zgartirilishi uning o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalarining ota ismi albatta o‘zgartirilishiga sabab bo‘ladi.
CHET EL FUQAROLARI HAMDA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNING OILAVIY MUNOSABATLARDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI QANAQA ?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 234-moddasiga asosan. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
QARINDOSHLIK NIMA ?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasiga asosan. Bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o‘rtasidagi to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi.
Bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan — ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan — uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi va hokazo.
Aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari va shunga o‘xshashlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlar hisoblanadi va hokazo.
To‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir.
Ikki shaxs o‘rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o‘zini hisobga qo‘shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hisobga olinadi.
Hisob ajdodlar tomon to‘g‘ri shajara bo‘yicha ular uchun umumiy bo‘lgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan esa, avlodlar tomon — ulardan boshqasiga qarab olib boriladi.
Tug‘ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ikkinchi darajasida, tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan qarindoshlikning — uchinchi, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar esa — to‘rtinchi darajasida turadilar.
BOLANING NASL-NASABINI BELGILASH ASOSLARI QANDAY?
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 60-moddasiga asosan Bolaning shu onadan tug‘ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko‘ra, bola tibbiy muassasada tug‘ilmagan holda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.
Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o‘limi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan so‘ng uch yuz kun ichida tug‘ilgan bolasi nikohda tug‘ilgan bola hisoblanadi.
Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug‘ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo‘lsa, bola yangi nikohda tug‘ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida nizolashish huquqiga ega.
OTALIK (ONALIK) TO‘G‘RISIDA E’TIROZ BILDIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 63-moddasiga asosan Tug‘ilishni yozish daftaridagi tug‘ilishga oid yozuv bolaning unda ko‘rsatilgan ota-onadan tug‘ilganligini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi.
Bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs unga bunday yozuv ma’lum bo‘lgan yoki ma’lum bo‘lishi lozim bo‘lgan vaqtdan e’tiboran bir yil mobaynida ana shu yozuv to‘g‘risida sud tartibida e’tiroz bildirishga haqlidir. Agar shu vaqtga kelib, bolaning otasi yoki onasi deb yozilgan shaxs voyaga yetmagan bo‘lsa, bir yillik muddat mazkur shaxs o‘n sakkiz yoshga to‘lgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR KO‘RSATILMASLIGI KERAK?
O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida:
davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;
tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilanga n tartibda beriladigan ruxsatsiz;
firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat xususidagi soxta yoki isteʼmolchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan belgilar ko‘rsatilmasligi kerak.
PROKUROR PROTESTI
"Prokuratura to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga asosan,
Qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi.
Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.
Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart.
Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni ko‘rib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Protest kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni ko‘rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o‘tganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin.
Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘yadi.
VOYAGA YETMAGAN BOLAGA "XORIJGA CHIKISH"GA PASPORT BERILISHIDA OTA-ONA O‘RTASIDA NIZO KELIB CHIQSA U QANDAY HAL ETILADI ?
Prezidentning 2018-yildagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra,
-Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish xizmati yuzasidan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida chiqqan har qanday nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Ota-onaning biri o‘z bolasining xorijga chiqishiga rozi bo‘lmagan taqdirda, uning xorijga chiqish huquqini cheklash uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega
SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?
O‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi O‘RQ-610-son Qonunining 25-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotiladi:
shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;
agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo‘lsa;
agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;
agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa;
agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.
Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi oilaning boshqa a’zolarini fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.
BOQUVCHISINI YO‘QOTGANLIK BO‘YICHA ZIYONNI O‘RNINI QOPLASH MUDDATLARI
Mehnat kodeksining 328-moddasiga asosan,
boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rni ish beruvchi tomonidan quyidagicha qoplanadi:
-voyaga yetmagan shaxslarga — 18 yoshga to‘lguniga qadar;
18 yoshdan oshgan o‘quvchilarga — kunduzgi ta’limni tugatguniga, lekin ko‘pi bilan 23 yoshga to‘lguniga qadar;
-55 yoshdan oshgan ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;
-nogironligi bo‘lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;
-marhumning qaramog‘ida bo‘lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo‘lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a’zosiga — qaramog‘idagi shaxslar 14 yoshga to‘lguniga qadar.
IJARADA YASHAYDIGAN YOSH OILALARNING IJARA TO‘LOVI UCHUN HAR OYDA SUBSIDIYA BERILADI
Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yil kungi 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan,
-yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga bir-qator yengilliklar berilgan.
Jumladan;
Mazkur nizomga asosan «Yoshlar daftari» jamg‘armalari tashkil etilib, ushbu jamg‘armaning mablag‘lari xisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda bazaviy xisoblash miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda 12 oygacha turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.
O‘QITUVCHILARNING TARIFIKATSIYA RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH MAQSADIDA UMUMTA’LIM MUASSASASI TOMONIDAN HAR YILI QANDAY MA’LUMOTLAR KIRITILGAN BO’LISHI KERAK
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qo’shma qarori “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda familiyasi, otasining ismi, diplom bo‘yicha ma’lumoti, malaka toifasi to‘g‘risida ma’lumotlar;
batarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi”3271 30.06.2020-yildagi nizomiga asosan. o‘qituvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan ismi, zaviy tarif stavkalari to‘g‘risida ma’lumotlar, shu jumladan o‘qituvchining tarif stavkalari to‘g‘risida ma’lumotlar (bunda o‘qituvchining har bir fan uchun ma’lumoti va tegishli malaka toifasi berilgan sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi);
pedagogik kengash tomonidan o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlangan dars soatlari;
daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari;
informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari;
o‘qituvchiga biriktirilgan sinf va sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari;uyda yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borayotgan o‘qituvchilarga taqsimlangan dars soatlari va ular bo‘yicha o‘qituvchi xodimning tarif stavkalari;
o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan belgilangan har oylik ustamalar miqdorlari (foizi va miqdori ko‘rsatiladi);amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq belgilanadigan boshqa ustama va qo‘shimcha to‘lovlar.
VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK NAFAQASI QAYSI HOLLARDA BERILADI?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirinO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan da1) vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda); buyrug’iga asosan
2) sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
3) kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda;
4) karantinda;
5) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda;
6) mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo‘ladi.Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo‘qolgan hollarda, nafaqa, uning o‘rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.
SANATORIY-KURORTDA DAVOLANISHDA, AGAR ASOSIY VA QO‘SHIMCHA TA’TIL XODIMNING SANATORIYDA DAVOLANISHI UCHUN YETARLI BO‘LMASA, NAFAQA BERILADI
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirinO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan da1) vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanishda); buyrug’iga asosan. Sanatoriy-kurortda davolanishda, agar asosiy va qo‘shimcha ta’til xodimning sanatoriyda davolanishi uchun yetarli bo‘lmasa, nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yo‘llanma, davolanish muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo‘shib, ammo xodimning yillik ta’tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi.
Asosiy va qo‘shimcha ta’tildan sanatoriyga borishdan oldin foydalangan bo‘lsa ham nafaqa uni chiqarib tashlagan holda beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning yetmaydigan vaqti uchun xodim bilan kelishib, unga ish haqi saqlanmagan ta’til beradi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi yo‘qolgan hollarda, nafaqa, uning o‘rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi.Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mehnat qobiliyati yo‘qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi.
IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA NAFAQALARNI TAYINLASH UCHUN UMUMIY ISH STAJINI ANIQLASH VA HISOBLASH TARTIBI QANDAY BO‘LADI ?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug’i Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalari tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomiga asosan . Umumiy ish staji belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnat daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan boshqa hujjat asosida aniqlanadi.
Umumiy ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘lmaganda ish davri guvohlar ko‘rsatmasi asosida belgilanadi.
Tabiiy ofat, falokat, fojia yoki boshqa favqulodda holatlar tufayli ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar to‘liq yoki qisman saqlanmagan bo‘lsa, ish stajini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman (shahar) hokimiyatlari tomonidan tuziladigan ish stajini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Qisman saqlangan hujjatlar hamda guvohlar ko‘rsatmalari asosida yuqorida ko‘rsatilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan tasdiqlangan ish davri singari ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa olish huquqini beradigan umumiy ish stajiga hisoblanadi.
INKLYUZIV TA’LIMNING MAQSADI VA VAZIFALARI NIMA ?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 638 12.10.2021-y qarori asosan. Inklyuziv ta’limning maqsadi — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qo‘llash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda to‘siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda to‘laqonli uyg‘unlashuviga xizmat qiladigan sifatli umumiy o‘rta ta’lim berishni ta’minlashdan iborat. Maktablar alohida ta’lim olish ehtiyoji bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga korreksion pedagogik yordam olishida va kasbga yo‘naltirishda har tomonlama yordam ko‘rsatadi. Inklyuziv ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish; jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar muammolariga nisbatan bag‘rikenglik munosabatini shakllantirish; ta’lim jarayonida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish;barcha o‘quvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratish;
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZATUV KENGASHI VAZIFALARI ?
Maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3094]32 asosan. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: hududiy bo‘lim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish; tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablag‘laridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish; tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish; tashkilot direktorining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish; tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘limga takliflar kiritish; tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘limga takliflar berish. Kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING DAVLAT XARIDLARI SOHASIDAGI VAKOLATLARI QANDAY ?
O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonuni asosan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat xaridlari sohasida davlat siyosati shakllanishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat xaridlari sohasida budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan oqilona foydalanish, xarid qilish tartib-taomillari turlarini takomillashtirish va ularning qo‘llanilishini kengaytirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlash yuzasidan choralar ko‘radi;
davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari sohasidagi faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini baholash va taqqoslash usullarini hamda mezonlarini, shuningdek ular o‘tkazilishini tashkil etish tartibini belgilaydi;
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish va tenderda ishtirok etish uchun elektron shaklda takliflar berish tartibini belgilaydi;
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqlaydi.