Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Bilasizmi amal qiling

Bilasizmi amal qiling

13-09-2024, 09:18
32
#bilasizmi
#amal_qiling

‼️Qonunchilikka ko'ra, manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilgan holda qabul qilingan qarorlar yoki tuzilgan bitimlar sud tartibida haqiqiy emas deb topiladi.

Manfaatlar  to'qnashuviga yo'l qo'yilgan holda qabul qilingan qarorlar yoki tuzilgan bitimlar haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ushbu qaror qabul qilinganligi yoki bitim tuzilganligi natijasida olingan foyda bitim bo'yicha olingan hamma narsani qaytarib berish to'g'risida talab qo'yilmagan holda, sud tartibida davlat daromadiga o'tkaziladi. Bunda haqiqiy emas deb topilgan bunday bitimning ijrosi bilan bog'liq xarajatlarning o'rni manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ygan shaxsning hisobidan qoplanadi.
📝Manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'yilgan holda qabul qilingan qaror yoki tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topilganligi natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shu jumladan davlat organlariga yoki boshqa tashkilotlarga yetkazilgan zarar davlat organining yoki boshqa tashkilotning aybdor xodimlaridan regress tartibida undirib olinishi mumkin.

(“Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida ”gi qonunning 26-moddasi)

Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram (https://www.instagram.com/sanepid_shovot?igsh=MXV0OXByczY3bG1sNA==) || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.