Mustaqillik bayrami munosabati bilan Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshlig'ining yurtdoshlarimizga bayram tabrigi
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshlig'ining yurtdoshlarimizga bayram tabrigiAssalomu alaykum qadrli yurtdoshlar!
Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik bizga milliy davlatchiligimizni tiklash, erkin va ozod jamiyat qurish, xalqimizning qadriyatlari va an’analarini asrab-avaylash hamda ulug‘ maqsadlar sari dadil qadam tashlash imkoniyatini berdi. Bugun Vatanimiz taraqqiyotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, tinchlik va osoyishtalikning ta’minlanishi — mustaqillik ne’matlarining yorqin samarasidir.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini ta’minlash yo‘lida bizning boshqarma jamoasi ham fidokorona mehnat qilib kelmoqda. Tumanimizda barqaror epidemiologik vaziyatni saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, aholiga sifatli tibbiy-epidemiologik xizmat ko‘rsatish va xavfsiz hayot muhitini yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimiz, albatta, xalqimiz salomatligi va farovonligiga xizmat qiladi.
Bugungi kunda ham biz yagona xalq, bir millat bo'lib ko'zlagan yuksak marralarimiz sari olg'a qadam tashlamoqdamiz. Yangi O'zbekistonni bunyod etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, erkin demokratik davlatga aylanish uchun davlatimiz rahbari boshchiligida yakdillikda harakat qilyapmiz.
Fursatdan foydalanib, barchangizni yana bir bor Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklar ekanman, yutimizdan tinchlik, xonadonlarimizdan fayzu baraka arimasligini tilayman.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Maqsad Axmedov
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshlig'i
Telegram || Instagram || Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Navro'z bayrami munosabati bilan Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshligining bayram tabrigi21-03-2026, 09:22
Ramazon hayiti munosabati bilan Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshligining bayram tabrigi20-03-2026, 09:21
Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshlig‘ining Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan yurtdoshlarimizga bayram tabrigi1-03-2025, 10:06
Bayram tabrigi.8-03-2026, 10:02
Bayram shukuhi!19-03-2026, 11:18











