Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » Ramazon hayiti munosabati bilan Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshligining bayram tabrigi

Ramazon hayiti munosabati bilan Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshligining bayram tabrigi

20-03-2026, 09:21
19
Ramazon hayiti munosabati bilan Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi  boshligining bayram tabrigi

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Avvalo, barchangizni muborak  bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Ramazon hayiti – butun musulmon olami uchun ulug‘ va qadrli bayram bo‘lib, u insonlarni ezgulik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, saxovat va shukronalik ruhida birlashtiradi. Ushbu muqaddas oy davomida qalblar poklanib, sabr-toqat, o‘zaro hurmat va insonparvarlik kabi yuksak fazilatlar yanada mustahkamlandi.

Ayniqsa, jamiyatimizda mehr-shafqat, ehtiyojmandlarga ko‘mak berish, bir-birimizga e’tiborli bo‘lish kabi insoniy qadriyatlar keng qaror topayotgani barchamizni quvontiradi. Bu esa sog‘lom va barkamol jamiyat barpo etish yo‘lidagi muhim omillardan biridir.

Bugungi kunda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, jamoat salomatligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarimizda ham aynan ana shunday yuksak qadriyatlar muhim o‘rin tutadi. Bayram kunlarida ham fuqarolarimiz salomatligini asrash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida barcha zarur chora-tadbirlar kuchaytirilgan tartibda davom ettiriladi.
Shu o‘rinda barchangizni bayram kunlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishga, sog‘lig‘ingizni asrashga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirib qolaman.

Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik, fayz-u baraka, oilaviy baxt-saodat tilayman. Yurtimizda doimo osoyishtalik, xalqimiz hayotida farovonlik va taraqqiyot barqaror bo‘lsin!
Yana bir bor barchangizni Ramazon hayiti bilan muborakbod etaman!

Maqsad Axmedov,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Shovot tuman bo'limi boshlig'i

🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati 

Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.