Bayram tabrigi.
🌸8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshlig'ining yurtdoshlarimizga bayram tabrigiHurmatli ayollar, aziz opa-singillar!
Tabiat uyg‘onib, quyosh mehr bilan nur sochayotgan shu go‘zal kunlarda sizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabriklayman! Bu bayram – ezgulik, nafosat va mehr-muhabbat timsoli bo‘lmish ayollarga bo‘lgan chuqur hurmat ifodasidir.
Sizlar nafaqat oilaning, balki butun jamiyatning tayanchi, hayotimizga mazmun va go‘zallik bag‘ishlovchi, farzandlarimizning tarbiyasi, xalqimizning salomatligi yo‘lida fidokorona mehnat qiluvchi mehribon va matonatli insonlarsiz. Ayniqsa, tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya sohasida mehnat qilayotgan opa-singillarimizning sabr-toqati, mas’uliyati va fidoyiligi alohida tahsinga loyiq. Sizlarning g‘amxo‘rlik bilan qilayotgan ishlaringiz tufayli butun jamiyatimiz sog‘lom va osoyishta hayot kechirmoqda.
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Har doim bahor nafasi, ezgu so‘zlar va samimiy tabassumlar sizni o‘rab tursin! Yuzingizdan shodlik, qalbingizdan esa quvonch arimasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Maqsad Axmedov,
🔰Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi Shovot tuman bo'limi boshlig‘i
Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshlig'i M.Axmedov bayram tabrigi7-03-2026, 11:30
Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshlig‘ining Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan yurtdoshlarimizga bayram tabrigi1-03-2025, 10:06
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi6-03-2026, 18:00
O‘SMIR QIZLAR GIGIYENASI — BU FAQAT TOZALIK EMAS, BU O‘ZIGA HURMATDIR!5-02-2026, 10:05
Nega emlanish muhim?23-01-2026, 09:30











