O‘SMIR QIZLAR GIGIYENASI — BU FAQAT TOZALIK EMAS, BU O‘ZIGA HURMATDIR!

#muhim_mavzu
O‘SMIR QIZLAR GIGIYENASI — BU FAQAT TOZALIK EMAS, BU O‘ZIGA HURMATDIR!
O‘smirlik — qizlar hayotidagi eng nozik, ammo muhim davr. Bu bosqichda tanadagi o‘zgarishlar bilan birga o‘ziga bo‘lgan ishonch, estetik did va tozalik madaniyati ham shakllanadi. Shu bois gigiyena masalasiga e’tiborli bo‘lish har bir qizaloq uchun juda zarur!
❓Xo'sh, bu nega muhim?
✅Salomatlik uchun;
✅O‘ziga ishonchli bo‘lish uchun;
✅Jamiyatda orasta, madaniyatli inson sifatida shakllanish uchun.
QIZLAR UCHUN FOYDALI GIGIYENA MASLAHATLARI:
1️⃣Tozalik — kundalik odatga aylansin
Har kuni yuvinish tana uchun juda foydali.
Yuz va qo‘l terisini yoshga mos vositalar bilan tozalang.
2️⃣Shaxsiy gigiyena — e’tiborli bo‘lishni talab qiladi
💧 Tana parvarishida muntazamlik muhim.
🧼 Maxsus kunlarda gigiyena qoidalariga yanada jiddiy qarash kerak (bu mavzuni onalar bilan alohida va ishonchli suhbat orqali tushunish maqsadga muvofiq).
3️⃣Kiyim va kiyinish madaniyati
👕 Toza, qulay va yengil kiyimlar sog‘liq uchun foydali.
Ichki kiyimlarni har kuni almashtirish — farovonlik garovi.
4️⃣Soch va tirnoq parvarishi
✂️ Tirnoq toza bo‘lsa — ko‘rkam ko‘rinasiz.
🧼 Haftada kamida ikki marta sochni tozalash foydali.
5️⃣Orastalik — eng chiroyli ziynat!
🌸 Har bir qiz o‘zining eng yaxshi do‘sti — o‘zidir.
✨ Orasta, pokiza va mehribon qizni hammayoqda qadrlashadi.
✅Hurmatli onalar! Farzandingiz bilan ochiq, ishonchli va mehr bilan suhbat qiling. Tozalik va gigiyena — bu bolalarga bolaligidan o‘rgatiladigan muhim qoidadir!
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱Telegram| (https://t.me/sanepidcommittee)📱Instagram| (https://instagram.com/sanepid__uz)📱Facebook| (https://fb.me/@sanepidxizmat)📱YouTube| (https://www.youtube.com/channel/UC4sCgbkdEFtYOQSK-dvOOEQ)📱Veb-sayt (https://gov.uz/oz/sanepid) | 🌐Emlash veb-sayt (https://emlash.sanepid.uz/uz/index.html)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Gepatit B (HBV) infeksiyasining oldini olishda eng muhim choralar quyidagilar22-11-2025, 11:15
Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish juda muhim bo‘lib, mijozlar salomatligi, ishchilarning xavfsizligi va muassasa obro‘si uchun asosiy omillardan biridir.16-04-2025, 09:20
Toza qo‘llar” — bu sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish orqali infeksion kasalliklarning oldini olishga qaratilgan sogʻlomlashtirish dasturi.26-11-2025, 11:11
Gepatit C ning oldini olish23-01-2026, 09:43
💉 Bolangizni sil kasalligiga qarshi emlating!29-10-2025, 15:18











