Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » Navro'z bayrami munosabati bilan Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshligining bayram tabrigi

Navro'z bayrami munosabati bilan Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshligining bayram tabrigi

21-03-2026, 09:22
24
Navro'z bayrami munosabati bilan Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshligining bayram tabrigi

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Siz azizlarni kirib kelayotgan ulug‘ va qadimiy bayram —  ayyomi bilan Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi  nomidan samimiy muborakbod etaman!

Navro‘z – tabiatning yangilanishi, yasharish va uyg‘onish faslining boshlanishi, mehr-oqibat, hamjihatlik va ezgulik ramzi sifatida xalqimiz hayotida alohida o‘rin tutadi. Ushbu qutlug‘ ayyom asrlar davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, ularni avloddan-avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida inson salomatligini muhofaza qilish, aholi turmush sifatini yaxshilash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. Shu ma’noda, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Navro‘z bayrami kunlarida aholining dam olishi, sayil va ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etishi tabiiy. Shu bois, fuqarolarimizni jamoat joylarida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishga, oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda ehtiyot choralarini ko‘rishga, shuningdek, shaxsiy gigiyena madaniyatiga alohida e’tibor qaratishga chaqirib qolamiz.
Aziz yurtdoshlar!
Ushbu go‘zal bahor ayyomi barchamizga yangilanish, poklanish va ezgu niyatlar sari intilish ruhini bag‘ishlasin. Har bir xonadonga fayz-u baraka, tinchlik-osoyishtalik, baxt va farovonlik olib kelsin.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lsin!
Yana bir bor barchangizni Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!

Maqsad Axmedov,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi boshlig'i

🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati 

Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.