O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni bo‘yicha


O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi
qonuni bo‘yicha
Shovot tuman SEO va JS bo‘limi boshlig‘I M.K.Axmedov: yig‘ilishni ochiq deb e'lon qildi va kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqdi. Ilk so‘zini SEO va JS bo‘limida ijro intizomini mustahkam olib borilishidan boshladi. Barcha bo‘lim mudirlariga, bo‘limda yuritilayotgan xat-hujjatlar Edo.ijro.uz (ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi)da yuritilishi qattiq nazoratga olinganligi xodimlar o‘z ishlariga ma’suliyat bilan qarashlari, kiyinish madaniyatiga rioya qilishlari, bo‘lim xodimlari ob’yektlarga borganda tamagirchilikka yo‘l qo‘ymasliklari va karrupsiya oqibatlari qanday xolatga olib kelishi to‘g‘risida takidladi va xodimlarni qattiq ogoxlantirib o‘tdi. Hamda kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zni Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ma’sul Sh.Ro‘zmetovaga berdi.
Shovot tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ma’sul Sh.Ro‘zmetova so‘zga chiqib korrupsiyaga oid bir qancha Qonun va Qarorolarni ishchi xodimlarga tushuntirib o’tdi xususan; O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonunining mazmun moxiyatini o‘qib eshittirdi. Mazkur Qonunning maqsadi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning amal qilishi davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu Qonunning amal qilishi:
o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan;
o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan faqat ularning davlat xaridlari sohasidagi munosabatlariga tatbiq etiladi.
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yuritishni, shuningdek sud ishini yuritish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga oid boshqa qoidalar belgilanishi mumkin. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi — davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida yoxud saylab qo‘yiladigan yoki tayinlanadigan lavozimlarda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan boshqaruv xodimi;
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat;
manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma (bundan buyon matnda maxsus bo‘linma deb yuritiladi) — davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari yoki kadrlar bo‘linmalari;
shaxsiy manfaatdorlik — davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud u bilan aloqador shaxslar ushbu xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita qaror qabul qilinishi yoki xodimning ushbu jarayonda boshqacha tarzda ishtirok etishi natijasida olishi mumkin bo‘lgan har qanday naf yoki afzallik;
yaqin qarindoshlar — ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari. Ushbu Qonunning maqsadlarini nazarda tutgan holda mazkur moddada “nazorat” deganda davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining tegishli tashkilot faoliyatini shaxsan yoki o‘zining bo‘ysunuvidagi shaxs orqali tekshirish yoxud unga nisbatan qonunchilikda belgilangan har qanday imtiyozlarni (preferensiyalarni) qo‘llash yoki uni har qanday javobgarlikka tortish (javobgarlikka tortish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish) yoxud unga litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berish (xabarnomani qabul qilish) huquqi tushuniladi. Davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar xodimi lavozim majburiyatlarining yoki xizmat vakolatlarining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan boshqa cheklovlar qo‘llanilishi mumkinligi to‘g‘risida o‘qib eshittirdi.
So‘zining yakunida Korrupsiyaviy xolatlar kelganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo muqarrarligi xaqida qattiq takidlab o‘tdi.
Shundan keyin boshqa so‘zga chiquvchilar va muzokara so‘zlovchilar bo‘lmadi.











