O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishida korrupsiyaga qarshi kurashning muhim omillari.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishida korrupsiyaga qarshi kurashning muhim omillari.
Shovot tuman SEO va JSBo‘limi boshlig‘i M.K.Axmedov: yig‘ilishni ochiq deb e'lon qildi va kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash buyicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 14.10.2022 yil №-595-sonli qarorida davlat hizmatchilari odob-axloqning namunaviy qoidalari, namunaviy nizomi, odob-axloq qoidalariga rioya etilishida korrupsiyaga qarshi kurashning muhim omili ekanligi to‘g‘risida gapirdi.
Hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi. Xususan, qaror 11-bobdan iborat bo‘lib umumiy qoidalar, kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari, xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari, xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatga oid odob axloq qoidalari, xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvi, davlat xizmatchilarini manfaatlarini ximoya qilish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, odob-axloq qoidalariga rioya etilmaganlik uchun javobgarlik, yakuniy qoidalarni mazmun mohiyatini o‘qib eshittirdi, odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan xurmat va ishonchni oshirish xamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo’lgan xatti-xarakatlarning oldini olishga qaratilganligi, davlat xizmatchilari quyidagi prinsiplarni amalga oshirishlari kerak qonuniylik, vatanga sadoqat va xizmat vazifsiga fidoiylik, yuklangan funksiyanal, vazifalarni to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish, fuqarolar xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, adolatlilik, xalollik va xolislik, korrupsiyaviy xolatlarga murosasiz munosabatda bulish va qarshi kurashish, xizmat sirini qat’iy saqlash, mansab vakolatlarini suv istemol qilmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, davlat xizmatchilari mexnat faololiyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilinishi kerakligi, davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazilishi mumkin bo‘lgan xatti-xarakatlardan tiyilish, inson nafaqat tashqi koʻrinishi, balki xulqi ham goʻzal, maʼnaviy jihatdan har tomonlama yetuk boʻlsagina oʻziga, oilasiga va butun jamiyatga koʻproq naf keltiradi. Ayniqsa, davlat xizmatchisi xizmat faoliyati davomida ham, ishdan tashqari vaqtda ham xulq-atvori, tashqi koʻrinishi hamda soʻzlashuv odobi bilan oʻzgalarga oʻrnak va shaxsiy namuna boʻlishi ayni muddao. Shundagina xalqimizni rozi qiladigan xalqchil davlat xizmatini shakllantirishga, bu borada oldimizga qoʻyilgan barcha ezgu maqsadlarimizni roʻyobga chiqarishga erishamiz. Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mexnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan xurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashish, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozimligi, xodimlar odob-axloq qoidalariga doimiy rioya qilish to‘g‘risida tushuntirdi. So’z yakunida ishchi xodimlarga korrupsiyaviy xolatlarga yo’l qo’ymasliklari yuzasidan yana bir bor ogohlantirib o’tdi.











