CHANGLI HAVODA NIMA QILISH KERAK?
CHANGLI HAVODA NIMA QILISH KERAK?
Havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik – derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirishi mumkin.
❓ Nima qilish kerak?
▶️ Ko‘chaga iloji boricha kamroq chiqish;
▶️ Ishga, o‘qishga, xarid uchun ko‘chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;
▶️Ko‘chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko‘zlarni yaxshilab yuvish);
▶️ Kalit, ko‘zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;
▶️ Ko‘chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish;
▶️ Ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;
▶️ Nim ta’sir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;
▶️ Ko‘proq suyuqlik (iliq) ichish, iloji bo‘lsa ko‘k choy, na’matak damlamasini ichish;
▶️ Yog‘li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho‘r, achchiq taomlarni cheklash;
▶️ Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir va boshqalar), ko‘katlarni iste’mol qilish.
▶️ Changni ko‘p to‘planishini oldini olish va uyni hamda yuzalarni to‘g‘ri tozalash kerak:
▶️ Uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;
▶️ Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan hamma narsalarni chang yutgich yordamida tozalash kerak (gilam, yumshoq mebel, yumshoq o‘yinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o‘ralishi tavsiya etiladi.
▶️ Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;
▶️ Oyoq kiyimlarini eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qo‘yish kerak;
▶️ Xona havosi optimal namligini ta’minlash: ho‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish.
‼️ Nafas yo‘li surunkali kasalliklari bor yurtdoshlarimizga changli havoda tashqariga chiqmaslikni tavsiya qilamiz.
Sanepidqo‘mita Axborot xizmati
Тelegram (https://t.me/sanepidcommittee)| Instagram (https://instagram.com/sanepid__uz)| Facebook (https://fb.me/@sanepidxizmat)| YouTube (https://www.youtube.com/channel/UC4sCgbkdEFtYOQSK-dvOOEQ)

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Gigiyenaga rioya qiling va qoʻlingizni mikroblardan asrang!22-01-2025, 14:30
Chang bronxit o’zi nima?4-04-2025, 10:08
O'smirlar sog'lig'ini saqlash va umumiy farovonlikni ta'minlash uchun nimalar qilishi lozim?15-02-2025, 09:14
Ko‘katlar va sabzavotlardan parazitar kasalliklar yuqishi mumkinmi?3-03-2025, 10:34
Savdo komplekslariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar27-02-2025, 09:35