Ishonch telefoni

Seminar

29-04-2025, 12:02
5


#Seminar

Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi xodimlari tomonidan uyishgan aholi jamoasida Sog‘liqni saqlash vazirligining 542 sonli " O'zbekiston Respublikasida virusli gepetitlarning tashxisoti, davosi va profilaktikasi bóyicha chora-tadbirlarni  yanada takomillashtirish to'g'risida" gi buyrug'iga asosan  tushuntirish ishlari oʻtkazildi
✅Virusli gepatit A — bu jigarga ta’sir qiladigan yuqumli kasallik. 
🔺Gepatit A — bu "kir qo'l kasalligi" deb ham ataladi, chunki u asosan:
- iflos qo'llar orqali,
- tozalab pishirilmagan ovqat,
- iflos suv orqali,
yoki bemor bilan yaqin aloqada bo'lish orqali yuqadi.
🔺Asosiy belgilar:
- Holsizlik
- Ishtaha yo‘qolishi
- Ko‘ngil aynishi, qusish
- Qorinning o‘ng yuqori qismida og‘riq
- Sariqlik (teri va ko‘z oqi sarg‘ayadi)
- Siydik rangining to‘q bo‘lishi
🔺Oldini olish yo‘li:
- Qo‘llarni yuvish
- Toza suv ichish
- Vaksina (emlash) orqali himoyalanish mumkin

🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati 

Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.