" Sariq kasalligi" qanday kasallik
"SARIQ KASALLIGI" QANDAY KASALLIK?Aholi orasida "Sariq kasalligi" nomi bilan yuritiladigan virusli gepatit A kasalligi jigarning jarohatlanishi bilan kechadigan yuqumli kasallikdir.
🔰Virusli gepatit A – bu o‘tkir yuqumli jigar kasalligi bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisi gepatit A virusi hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab har yili o‘n millionga yaqin odam ushbu kasallikka chalinadi. Asosan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar ko‘proq kasallanadi.
Gepatit A — kasallikning eng ko‘p uchraydigan, ammo boshqalariga nisbatan xavfsizroq turi hisoblanadi. U deyarli doim o‘tkir kechadi.
Gepatit A kasalligini yuqish yo'llari:
🙌 kir qo'llar;
🍎 yuvilmagan mevalar;
🍽 umumiy idish-tovoq;
🚰 ichimlik suvi;
🏊♂ ifloslangan suvda cho'milish.
Kasallik aksariyat hollarda quyidagi belgilar bilan namoyon bo'ladi:
● holsizlanish
● isitma
● shamollash belgilari
● ishtaxa yo'qolishi
● qorinda kuchli og'riq
● ko'ngil aynishi, qusish
● ko'z shilliq qavati, badan terisi, siydik sarg'ayishi kabi belgilar kuzatiladi.
🦠Kasallikning vaqtida aniqlanmasligi va dori vositalaridan o'rinsiz foydalanish jigar faoliyatining buzilishlari bilan kechadigan og'ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, virusli gepatit A kasalligini davolash faqat shifokor tavsiyasiga asosan shifoxona sharoitida o'tqazilishi kerak!
💉Yuqumli virusli gepatit A kasalligini oldini olishda eng samarali himoya vositasi bu ➖VAKSINA BILAN EMLASHDIR!
VAKSINATSIYA ➖FARZANDINGIZ SOG'LIG'INI ASRAYDI.
Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram (https://www.instagram.com/sanepid_shovot?igsh=MXV0OXByczY3bG1sNA==) || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
                    Enter
                Xatoligni aqniqladingizmi?
                    Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
                
            Hamda bularni ko'ring
        
        
            
		Virusli gepatit kasalligi to'g'risida tushuntirish ishlari o'tkazildi.23-02-2024, 14:36
		Virusli gepatit kasalligi bo'yicha umum ta'lim maktablarda tushuntirish ishlari o'tkazildi.24-02-2024, 14:40
		Umum ta'lim maktablarida o'tkazilgan profilaktik chora -tadbirlar.1-02-2024, 15:10
		Umumta'lim maktablarida  profilaktik chora tadbirlari25-09-2023, 14:50
		DMTTlarda rejali tekshiruv va 57-58-OPlarda ko'k yo'tal kasalligi bo'yicha seminarlar o'tkazildi.11-07-2024, 14:53
        
    
                            










