Qrim Kongo gemorragik isitma
‼️ Qrim Kongo gemorragik isitma
🔰Qrim-Kongo gemorragik isitma (QKGI) – bu virusli infeksiya bo‘lib, Nairovirus turkumiga mansub virus sababli kelib chiqadi. Ushbu kasallik asosan tashuvchilar orqali yuqadi.
📌Quyidagi asosiy yuqish yo‘llari mavjud:
▪️Hasharotlar (kanalar) orqali – Kasallikni asosan Hyalomma urug‘iga mansub kanalar yuqdiradi. Kananing chaqishi orqali virus inson tanasiga tushadi.
▪️Kasallangan hayvonlar bilan aloqa orqali – Qon yoki tana suyuqliklari orqali yuqqan hayvonlar (mollar, qo‘ylar, echkilar) bilan ishlovchilar (dehqonlar, chorvadorlar, veterinariya xodimlari) xavf ostida bo‘ladi.
▪️Kasallangan odamdan sog‘lom odamga yuqishi – QKGI odamdan odamga qon, tupurik, qusindi, siydik va boshqa tana suyuqliklari orqali yuqishi mumkin. Shifokorlar, hamshiralar va bemorlarga qarovchilar yuqish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlardir.
▪️Laboratoriya infeksiyasi – Virus bilan ishlaydigan laboratoriya xodimlari ehtiyotsizlik natijasida kasallanishi mumkin
⚡️Bu kasallikning oldini olish uchun kana chaqishidan himoyalanish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, kasallangan hayvonlar bilan ehtiyotkorona muomala qilish va tibbiyot xodimlari uchun maxsus himoya vositalaridan foydalanish muhimdir.
Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi qanchalik xavfli?27-03-2025, 10:45
Qrim-Kongo gemorragik isitmasi o'ta xavfli yuqumli kasallik15-02-2025, 09:08
Qon orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar6-02-2025, 11:04
Poliomiyelit kasaligi bu nima?24-02-2025, 10:53
BRUTSELLYOZ: ISH QOBILIYATINI YO‘QOLISHI VA HATTO NOGIRONLIKKA HAM OLIB KELISHI MUMKIN...1-03-2025, 09:59