Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » GRIPPGA QARSHI VAKSINA OLISHDA NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK?

GRIPPGA QARSHI VAKSINA OLISHDA NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK?

5-11-2026, 14:51
19
GRIPPGA QARSHI VAKSINA OLISHDA NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK?
Gripp – nafas yo‘llarining o‘tkir yuqumli kasalligi bo‘lib, ayniqsa, bolalar, keksalar, homilador ayollar hamda surunkali kasalligi bor insonlar uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Grippdan himoyalanishning eng samarali usullaridan biri – mavsumiy vaksinatsiyadir.
Vaksina olishdan oldin quyidagilarga e’tibor bering:
🔹 Vaksinani faqat litsenziyaga ega tibbiyot muassasasida oling.
🔹 Vaksinaning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlariga e’tibor qarating.
🔹 Emlashdan oldin shifokor ko‘rigidan o‘ting.
🔹 Allergik reaksiyalar va avvalgi emlashdan keyingi nojo‘ya holatlar haqida shifokorga ma’lumot bering.
🔹 O‘tkir kasallik yoki tana haroratining ko‘tarilishi kuzatilsa, bu haqda tibbiyot xodimiga xabar bering.
🔹 Emlashdan keyin tibbiyot xodimi tavsiya qilgan muddat davomida kuzatuvda bo‘ling.
Eslab qoling! Grippga qarshi vaksina kasallikning og‘ir kechishi va asoratlari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Vaksinatsiya har yili, gripp mavsumi boshlanishidan oldin amalga oshirilishi tavsiya etiladi.
O‘zingizni va yaqinlaringizni grippdan himoya qiling!                                                                              

Sanepidqömita Xorazm viloyati                                   Şovot tuman axborot xizmati


Telegram || Instagram || Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.