Qizamiq va qizilchaning xavfli asorati oqibatida miya yallig`lanishi mumkin
⚡️⚡️Qizamiq va qizilchaning xavfli asorati oqibatida miya yallig'lanishi mumkin
Qizamiq va qizilcha yuqumli kasalliklar bo‘lib, ularning oldini olish sog‘lom jamiyat qurish uchun muhim hisoblanadi. Ushbu kasalliklar havodagi tomchilar orqali yuqadi va jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
🦠Qizamiq yuqori tana harorati, yo‘tal, toshma va ko‘zning qizarishi bilan namoyon bo‘ladi. Asoratlari orasida zotiljam, miya yallig‘lanishi (ensefalit) va hatto o‘lim holatlari bor.
🌡Qizilcha toshmalar, tana haroratining ko‘tarilishi, bo‘g‘imlarning og‘rig‘i va homilador ayollarda homila nuqsonlari bilan tavsiflanadi.
Profilaktika usullari:
💉Vaksinatsiya
Qizamiq va qizilchaga qarshi asosiy profilaktika chorasi KPK vaksinasini olishdir. Vaksinatsiya Milliy emlash kalendariga muvofiq bepul ravishda amalga oshiriladi. Vaksinatsiya immunitetni kuchaytirib, kasallikni tarqalishini oldini oladi.
🧼Gigiyena qoidalariga rioya qilish
Qo‘llarni tez-tez yuvish, ayniqsa, jamoat joylaridan keyin.
Qo‘lni burun yoki ko‘zlarga tekkizmaslik.
❎Kasallar bilan aloqani cheklash
Kasallik tarqalishining oldini olish uchun simptomlari bor insonlar izolyatsiya qilinishi kerak. Jamoat joylariga bormaslik va uy sharoitida davolanish tavsiya etiladi.
🤰Homiladorlik davrida ehtiyot choralari
Homilador ayollarga qizilcha virusi xavfli. Homiladorlikdan oldin kasallikka qarshi vaksina olish muhim.
📖O‘qish va ish joylarida tekshiruv
Bolalar bog‘chalari, maktablar va ish joylarida muntazam tibbiy ko‘riklar o‘tkazish.
Yodingizda bo‘lsin:
✅ Vaksinatsiya – kasalliklarning oldini olishning eng samarali usuli.
✅ Shaxsiy gigiyenaga e’tibor qaratish va jamoat joylarida ehtiyot bo‘lish zarur.
✅ Kasallikni erta aniqlash va davolash asoratlardan qochishga yordam beradi.
Sog‘lom hayot uchun o‘z vaqtida emlaning va o‘zingizni himoya qiling!
Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Salonlarda yuqishi mumkin bo'lgan kasalliklar qanday yo'llar orqali yuqadi?30-10-2024, 17:55
Umum ta'lim maktablarida o'tkazilgan profilaktik chora -tadbirlar.1-02-2024, 15:10
" Sariq kasalligi" qanday kasallik11-09-2024, 12:18
Emlash bo'yicha bilishingiz kerak bo'lgan eng muhim ma'lumotlar13-11-2024, 15:02
Quturish kasalligi haqida ma`lumot8-01-2025, 10:35