Quturish kasalligi haqida ma`lumot

📌Quturish kasalligi haqida nimalarni bilasiz?
🔻Quturish — neyrotrop virus qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli zoonoz kasallik hisoblanadi. Tomir tortishishi, falajlik, hiqildoq va nafas muskullarining spazmi bilan kechadi. Quturish qadimdan maʼlum kasallik bo'lib, uni suvdan choʻchish kasalligi deb ham atashgan.
🔻Odamga quturish virusi kasal hayvon, asosan, it, mushuk va boshqa jonivorlar tishlaganida yoki soʻlagi teri yuzasiga tushganida yuqadi. Odamda quturish kasalligining yashirin davri 15 kundan bir necha oygacha (oʻrtacha 20— 30 kun) davom etadi. Quturgan it boʻyin, yuzni tishlaganda bu davr qisqaroq, oyoqni tishlaganda uzoqroq boʻladi. Tishlangan jarohatning topilishi yoki hayvon so‘lagining shikastlangan teriga tushishi katta ahamiyatga ega. Odamda muhim belgilardan biri bu suvdan qo‘rqish, suv yoki ovqatlarni ko‘rganda yutish mushaklarining spazmi yuz berishi tufayli bemorlar hatto bir stakan suv ham icha olmaydilar.
🔻Kasallikning belgilari boshlanganidan keyin bemorlarni qutqarib bo‘lmaydi. Davolashning samarali usullari yo‘qligi bemorlar hayotini qutqarish muammosini tug‘diradi. Bemorlar ahvolini yengillashtirish uchun simptomatik muolajalardan foydalaniladi. Bemorlarni qorong‘u va tinch palatalarga joylashtiriladi. Harakat qo‘zg‘alishlarini to‘xtatish uchun sedativ vositalar buyuriladi. Tutqanoq xurujlari kuraresimon vositalar yordamida bartaraf qilinadi. Nafas buzilishlarini trexeotomiya va sun’iy nafas olish apparatiga ulash bilan bartaraf qilinadi.
🔻Profilaktikasi. Itlarda quturishni yo‘qotish maqsadida daydi itlar yo‘qotiladi. Kasal yoki gumonli it tishlagan odamlar jarohati tezlik bilan qaynatilgan iliq 20% li sovunli suvda yuviladi, keyinchalik esa 70% spirt yoki yodning spirtli damlamasi bilan ishlov beriladi. Iloji boricha tezroq vaksinatsiya o‘tkazilishi zarur. Bunda antirabik zardob yoki antirabik immunoglobulin jarohat devorlariga va atrof to‘qimalarga yuboriladi.
Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
" Sariq kasalligi" qanday kasallik11-09-2024, 12:18
Salonlarda yuqishi mumkin bo'lgan kasalliklar qanday yo'llar orqali yuqadi?30-10-2024, 17:55
Bilasizmi amal qiling13-09-2024, 09:18
Kasallik o'choqlarida olib borilgan ishlar9-02-2024, 14:26
Mayonez iste'mol qilish salomatlik uchun xavflimi ?11-09-2024, 12:16