Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » Gepatit A kasalligidan bolalarni asraylik!

Gepatit A kasalligidan bolalarni asraylik!

26-03-2026, 12:05
17
Gepatit A kasalligidan bolalarni asraylik!
Gepatit A (iflos qoʻllar kasalligi, "sariq") jigarning virusli kasalligi hisoblanadi. Bu eng keng tarqalgan jigar kasalliklaridan biri bo‘lib, u asosan bolalar orasida koʻp uchraydi va odatda surunkali  o‘tmaydi.
Gepatit A virusi tomonidan qo‘zg‘atiladi va quyidagilar orqali yuqishi mumkin:
-Ifloslangan mahsulotlar va suvni iste’mol qilish;
-Infeksiyalangan odam bilan umumiy buyumlardan (idish-tovoq, kiyim-kechak) foydalanish;
Gepatit A simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-Ko'zlarning sarg'ayishi
-Axlatning rangsizlanishi
-Siydikning qorayishi
-Ko‘ngil aynish
-Terining sariqligi
-Isitma
Kichik yoshdagi bolalarda gepatit A simptomsiz o‘tishi mumkin.
Gepatit A ning oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
Emlash;
Mahsulotlarni yaxshilab yuvish va vodoprovod suvini qaynatish.
Gepatit Aning oldini olishning eng samarali usuli bu - emlashdir!‌‌

🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati 

Telegram  Instagram  Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.