Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Virusli gepatit A to'g'risida nilarni bilasiz?

Virusli gepatit A to'g'risida nilarni bilasiz?

12-09-2025, 09:59
36

❓Virusli gepatit A to'g'risida nilarni bilasiz?

Gepatit A – gepatovirus A virusi (GAV) tomonidan keltirib chiqariladigan keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. Inkubatsiyon muddati oʻrtacha 30 kunni tashkil etadi.

‼️Yuqish yo‘llari:

Yuvilmagan qo‘l va gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik
Qaynatilmagan suv ichish
Yuvilmagan meva va sabzavotlar
Kasallangan odam bilan yaqin aloqada bo‘lish

‼️Asosiy belgilari:

Ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, charchoq va bosh og‘rig‘I, harorat ko‘tarilishi, ko‘z oqi va terining sarg‘ayishi, qorin sohasida og‘riq

‼️Oldini olish uchun:

Qo‘llarni tez-tez va to‘g‘ri yuvish
Faqat toza va qaynatilgan suv ichish
Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish
Vaksina olish

‼️Muhim eslatma! 

Virusli gepatit A ko‘pincha to‘liq sog‘ayib ketadi. Biroq vaqtida shifokorga murojaat qilish zarur.

🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman axborot xizmati

Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.