Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » “ Sanitariya-epidemiologik tizimda korrupsiyaviy holatlarning kelib chiqish sabablari”

“ Sanitariya-epidemiologik tizimda korrupsiyaviy holatlarning kelib chiqish sabablari”

29-07-2026, 10:11
29

 Sanitariya-epidemiologik tizimda korrupsiyaviy holatlarning kelib chiqish sabablari”

 

                                                                   E SH I T I L D I :

 

      Shovot tuman SEO va JS bo‘limi boshlig‘I M.K.Axmedov: yig‘ilishni ochiq deb e'lon qildi va kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqdi. Ilk so‘zini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  bo‘limida ijro intizomini mustahkam olib borilishidan boshladi. Yig‘ilish qatnashchilariga kun tartibidagi masala Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  bo`limining hamda yig‘ilish qatnashchilariga kun tartibidagi masala Sanitariya-epidemiologik tizimda korrupsiyaviy holatlarning kelib chiqish sabablari asosida o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatidagi eng muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Korrupsiya nafaqat davlat boshqaruvi samaradorligiga, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Sanitariya-epidemiologik nazorat sohasida korrupsiyaviy xavflar

Sanitariya-epidemiologik tizimda korrupsiyaviy xavflar quyidagi jarayonlarda yuzaga kelishi ehtimoli mavjud:

  • sanitariya-epidemiologik tekshiruv va nazorat tadbirlarini o‘tkazish;
  • sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirish;
  • laboratoriya tekshiruvlari va tahlil natijalarini rasmiylashtirish;
  • oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar xavfsizligini baholash;
  • tadbirkorlik sub’ektlarini nazorat qilish;
  • davlat xaridlari va moddiy-texnik ta’minot jarayonlari;
  • xizmat vakolatlaridan foydalanish bilan bog‘liq boshqa ma’muriy jarayonlar.

Ayniqsa, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘yilishi aholi salomatligi va inson hayotiga bevosita xavf tug‘dirishi mumkin. Chunki mazkur sohada sanitariya nazorati, laboratoriya tekshiruvlari, sanitariya-epidemiologik xulosalar berish, ob’ektlarni nazorat qilish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini baholash kabi muhim vazifalar amalga oshiriladi.

Shundan so‘ng so‘z Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi mutaxassisi S.Qalandarovaga berildi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida korrupsiya bilan bog‘liq bir qator holatlar aniqlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta mansabdor shaxslar ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Guliston shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida shifokor yordamchisi M.A. ushlangan. U fuqarolarga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali “M.M.” MChJ tomonidan tayyorlanadigan tayyor ovqat mahsulotiga ijobiy xulosa olib berishi mumkinligini aytgan va buning evaziga 300 AQSh dollari hamda 1,2 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga tushganShuningdek, departamentning Toyloq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toyloq tuman bo‘limi sanitar vrachi F.B. ham ushlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u YaTT “S.E.”ga tegishli non mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga sanitar-gigienik xulosa rasmiylashtirib berish uchun 9 mln so‘m talab qilgan. U kelishilgan puldan 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Tekshiruvlar davomida mazkur shaxs avvalroq ham 100 AQSh dollari va 500 ming so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlangan.Bundan tashqari, departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimi G‘.A. ushlangan. U fuqaro B.D.ga Urganch shahrida umumiy ovqatlanish shoxobchasi ochish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirib berish, shuningdek, 6 oy davomida jarima qo‘llamaslikni va’da qilib, 2,4 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan.Namangan viloyatida ham shunga o‘xshash holat qayd etilgan. Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi shifokor yordamchisi A.S. ushlangan. U fuqaro M.O. nomiga shahar hududida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochish uchun ijobiy xulosa olib berish evaziga 1,2 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) hamda 25, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida gaz ta’minoti bo‘limi xodimlarining yirik miqdorda pul talab qilgani fosh etilgani haqida xabar berilganligi bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.

Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish choralari

Korrupsiyaga qarshi kurashishda, avvalo, profilaktikaga alohida e’tibor qaratish lozim.

Har bir xodimning xizmat vazifalari va vakolatlarini aniq belgilash;

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va mavjud holatlarni belgilangan tartibda bartaraf etish;

Xizmat jarayonlarini imkon qadar raqamlashtirish va inson omilini kamaytirish;

Ichki nazorat va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimini kuchaytirish;

Xodimlarni muntazam ravishda huquqiy va korrupsiyaga qarshi o‘qitish;

Aholi va tadbirkorlar uchun murojaat qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni qonun doirasida himoya qilish;

Xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash;

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tizimida ham aholi, tadbirkorlik sub’ektlari va yuridik shaxslarga turli davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Bunday xizmatlarning sifati, shaffofligi va qonuniyligi aholi salomatligini muhofaza qilish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash hamda davlat organlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Shu nuqtai nazardan, xizmat ko‘rsatish jarayonini amalda o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va korrupsiyaviy xavflarni barvaqt oldini olish maqsadida «Sirli mijoz» tadbiri samarali profilaktik usullardan biri sifatida qo‘llanilishi mumkin.

«Sirli mijoz» — davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini oddiy xizmat oluvchi fuqaro yoki tadbirkorlik sub’ekti sifatida o‘rganish, xodimlarning belgilangan xizmat standartlari va qonunchilik talablariga qay darajada rioya qilayotganini baholashga qaratilgan nazorat-tahlil usulidir.

Bunda maxsus belgilangan shaxs xizmat oluvchi sifatida murojaat qiladi va xizmat ko‘rsatish jarayonini belgilangan mezonlar asosida baholaydi. Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarni jazolash emas, balki xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklarni aniqlash, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt ko‘rish va ularni bartaraf etishdan iboratdir.

Sanitariya-epidemiologik tizimda «Sirli mijoz» tadbirini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:

aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatini o‘rganish;

xizmat ko‘rsatish jarayonida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini baholash;

xodimlarning muomala madaniyati va kasbiy odobini o‘rganish;

xizmat ko‘rsatishda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni aniqlash;

korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va ularning oldini olish;

manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini baholash;

xizmatlarni ko‘rsatish muddatlari va belgilangan tartiblarga rioya etilishini o‘rganish;

aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilash.

 

Yig‘ilish yakunida bo‘lim boshlig‘i M.K.Axmedov korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish har bir xodimning bevosita burchi ekani, qonunlarga rioya qilish, halollik va shaffoflik tamoyillari asosida ish olib borish tizim samaradorligini oshirishini alohida qayd etdi.

 

Q A R O R     Q I L A D I:

  1. Sanitariya-epidemiologik tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan talablarga qat’iy rioya etish barcha xodimlarga vazifa qilib yuklatilsin. 
  2. Barcha xodimlarga xizmat vazifalarini bajarish jarayonida qonuniylik, xolislik, halollik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish, mansab vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmaslik tushuntirilsin. 
  3. Xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, pora olish va berish, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish hamda boshqa korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib borilsin. 
  4. Xodimlarga manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, bunday holatlar yuzaga kelganda belgilangan tartibda ma’lum qilish va uni bartaraf etish choralarini ko‘rish zarurligi tushuntirilsin. 
  5. Sanitariya-epidemiologik tekshiruvlar, laboratoriya tekshiruvlari, sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirish va boshqa xizmat jarayonlarida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish va xolislikni ta’minlash mas’ul xodimlarga yuklatilsin. 
  6. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida ichki nazorat va profilaktik tadbirlar samaradorligi kuchaytirilsin
  7. Barcha xodimlarga korrupsiyaviy holatlar yoki korrupsiya alomatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan taqdirda, bu haqda belgilangan tartibda rahbariyatga yoki vakolatli organlarga xabar berish zarurligi tushuntirilsin. 

 

 

            Yig`ilish kotibi:                                                        M.Maxmudova

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.