“O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish”
Shovot tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi
Umumiy yig‘ilish
BAYONI № 16
08.05.2026 yil Shovot tumani
Raislik qildi: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi
bo’limi boshlig‘I M.Axmedov
Qatnashdilar: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
va jamoat salomatligi
bo’limi mudirlari va ishchi
.
Kun tartibidagi masala: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30-dekabrdagi PF-270-son “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish” to’g’risidagi farmoni to’g’risida.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilishni Shovot tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi boshlig`I M. Axmedov kirish so’zi bilan boshlab kun tartibidagi masala bilan xodimlarni tanishtirib o’tdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bilan ishlaydigan xodim vrach epidemiolog S.Qalandarova so`zni davom etdirdi Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati qat’iy va tizimli amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sohadagi islohotlarini qo’llab-quvvatlash, tizimni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, Prezidentimizning murojaatnomasida bu masalaga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to’siq bo’ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid ekanligi ta’kidlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida” PF-270-son Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishning 2030-yilgacha bo’lgan ustuvor yo’nalishlari belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son Farmoni korrupsiyaning oldini olish, davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirish va qonuniylikni ta’minlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan asosiy hujjat hisoblanadi. U davlat organlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy choralarni belgilaydi.
Farmonning asosiy mazmuni va maqsadlari:
- Tizimli kurash: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada mustahkamlash va davlat organlarida ichki nazorat tuzilmalarini kuchaytirish.
- Raqamlashtirish: Davlat xaridlari, ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish.
- Shaffoflik: Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimini joriy etishni jadallashtirish.
- Jazo muqarrarligi: Korrupsiya jinoyatlari uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini samarali tashkil etish.
Farmon ijrosi davlat organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi normativ hujjatlar (masalan,) asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2025-yil davomida qabul qilingan hujjatlar:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 21.04.2025 yildagi PF-71-son. “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qarori, 16.09.2025 yildagi 1292-V-son. “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruzasi haqida”.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 28.03.2025 yildagi 711-V-son. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashining yig‘ilishidagi nutqida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida”.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 27.01.2025 yildagi KQ-49-V-son. “Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish to‘g‘risida”.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 23.12.2025 yildagi 1592-V-son O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovning «Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi axboroti haqida.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.04.2025 yildagi PQ-147-son. “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori, 05.09.2025 yildagi SQ-183-V-son. “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza haqida”.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori, 17.03.2025 yildagi SQ-89-V-son. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida turgan vazifalar to‘g‘risida”.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.12.2025 yildagi PF-259-son. “Davlat xaridlari tizimida raqobat muhiti va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.12.2025 yildagi PF-270-son. “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda nafaqat mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashish borasida qisqacha to‘xtalib o‘tib, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala ekanligini, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsada, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar yechimi paydo bo‘lishini ta’kidlashdi. Shuningdek, so‘nggi yillarda fuqarolar o‘rtasida kiberjinoyatning avj olishi munosabati bilan bo‘lim xodimlarini turli ijtimoiy tarmoqlar orqali keluvchi soxta xabarlarga hushyor bo‘lishlarini ta’kidlab o‘tildi. Yuqorida ko‘rsatilganlarga asoslanib yig‘ilish
QAROR QILADI:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 dekabrdagi PF-270-son Farmoni ijrosi bajarilishi tashkil etilsin.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida, bo‘lim ishchi xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilsin.












