Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » 12-MAY — XALQARO HAMSHIRALAR KUNI

12-MAY — XALQARO HAMSHIRALAR KUNI

12-05-2026, 11:32
15
12-MAY — XALQARO HAMSHIRALAR KUNI

👩‍⚕️Har yili 12-may sanasi butun dunyoda Xalqaro hamshiralar kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana hamshiralik ishi asoschisi Florens Naytingeyl (1820–1910) tavallud topgan kun munosabati bilan belgilangan.

📆Xalqaro hamshiralar kunini tashkil etish tashabbusi 1899-yilda tuzilgan Xalqaro hamshiralar kengashi tomonidan ilgari surilgan. Mazkur tashkilot hamshiralar mehnatini qadrlash va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilgan ilk professional uyushmalardan biri hisoblanadi.

📈1912-yilda Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tomonidan hamshiralar uchun eng nufuzli mukofotlardan biri — Florens Naytingeyl medali ta’sis etilgan. Ushbu medal urush va tinchlik davrida fidoyilik, jasorat va insonparvarlik ko‘rsatgan hamshiralar hamda tibbiyot xodimlariga topshiriladi.

💎Bugungi kunda hamshiralarning mashaqqatli va sharafli mehnati butun dunyoda yuksak qadrlanadi. Ular inson salomatligini asrash, bemorlarga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda tibbiyotning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi.

📌Yurtimizda ham 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan o‘rta tibbiyot xodimlarining zahmatli mehnati e’tirof etilib, ularga alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi.

🌸 Fursatdan foydalanib, barcha hamshiralarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, kasbiy muvaffaqiyat va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.