Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Shovot tumanida 2–10 yoshli bolalar o‘rtasida 1-tur ommaviy profilaktik degelmintizatsiya tadbiri o‘tkazildi.

Shovot tumanida 2–10 yoshli bolalar o‘rtasida 1-tur ommaviy profilaktik degelmintizatsiya tadbiri o‘tkazildi.

4-05-2026, 14:23
13
Shovot tumanida 2–10 yoshli bolalar o‘rtasida 1-tur ommaviy profilaktik degelmintizatsiya tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan tashkil etilib, bolalar salomatligini mustahkamlash, gelmintoz kasalliklarining oldini olish hamda sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirishga qaratildi.
Tadbir davomida vrach-parazitologlar, oilaviy poliklinika mudirlari, bosh hamshiralar hamda maktab hamshiralari ishtirok etdilar. Mutaxassislar tomonidan ota-onalar va tibbiyot xodimlariga dori vositalarini to‘g‘ri qabul qilish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida bolalarga albendazol dori vositasi belgilangan tartib asosida berildi.
Mazkur profilaktik tadbir hududda bolalar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish hamda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.