Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Urganch shahridagi “Karavan” mehmonxonasida Xorazm viloyatida “Vaksinalarni saqlash, tashish va sovutkich uskunalarini xaritalashda "LogTag" jihozini tayyorlash hamda ma’lumotlarni o‘qish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Urganch shahridagi “Karavan” mehmonxonasida Xorazm viloyatida “Vaksinalarni saqlash, tashish va sovutkich uskunalarini xaritalashda "LogTag" jihozini tayyorlash hamda ma’lumotlarni o‘qish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

19-11-2025, 09:01
17






Urganch shahridagi “Karavan” mehmonxonasida Xorazm viloyatida “Vaksinalarni saqlash, tashish va sovutkich uskunalarini xaritalashda "LogTag" jihozini tayyorlash hamda ma’lumotlarni o‘qish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholining salomatligini muhofaza qilish va emlash jarayonlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish borasidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Seminarda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Xorazm viloyat boshqarmasi hududiy bo‘limlarning mas’ul epidemiologlari, vaksina omborlari mudirlari hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida vaksinalarni to‘g‘ri haroratda saqlash va tashish, “cold chain” (sovuqlik zanjiri) tizimini barqaror yuritish hamda “LogTag” qurilmasidan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mutaxassislar ushbu elektron qurilmaning imkoniyatlari, harorat ma’lumotlarini uzluksiz qayd etish va o‘qish tartibi, shuningdek, sovutkich uskunalarini xaritalash orqali ularning samaradorligini baholash usullari bilan tanishdilar.

Seminar davomida qatnashchilar o‘z hududlarida mavjud sovutkich jihozlarining holatini baholash, ularning energiya tejamkorligi va ishonchliligi bo‘yicha takliflar ishlab chiqdilar. Shuningdek, “sovuqlik zanjiri”ning uzluksizligini ta’minlashda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Seminar yakunida ta’kidlandiki, vaksinalarni sifatli saqlash va tashish tizimini takomillashtirish aholining sog‘lomligini ta’minlash, emlash orqali yuqumli kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o‘quv mashg‘ulotlari soha xodimlarining malakasini oshirish va xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.