Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » TURAR JOYLARDA SHOVQIN ME’YORLARIGA RIOYA QILING!

TURAR JOYLARDA SHOVQIN ME’YORLARIGA RIOYA QILING!

Вчера, 09:06
12

🔇 TURAR JOYLARDA SHOVQIN ME’YORLARIGA RIOYA QILING!

SanQvaM sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq, turar joylar va aholi yashash hududlarida shovqin darajasi qat’iy me’yorlar asosida belgilanadi.

🕘 Kunduzgi vaqt
07:00 dan 23:00 gacha ruxsat etilgan shovqin darajasi 55 dBA dan oshmasligi lozim.

🌙 Tungi vaqt
23:00 dan 07:00 gacha ruxsat etilgan shovqin darajasi 45 dBA etib belgilangan.

🏠 Maishiy shovqin manbalariga elektr asboblari, baland ovozda musiqa tinglash, televizor va audio qurilmalar, qurilish va ta’mirlash ishlari hamda transport shovqini kiradi.
⚠️ Unutmang!
Belgilangan shovqin me’yorlariga amal qilmaslik inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 Jim va osoyishta yashash huquqi barchaga tegishli !

🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati 

Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.