TA’LIM MUASSASALARIDA KASALLIKLARNING TARQALISHINI OLDINI OLISH VA SOG‘LOM MUHITNI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI
🎥#bilasizmi

Ta’lim muassasalari (maktablar, МТТlar, litseylar va boshqalar) tarbiyalanuvchilari hamda o‘quvchilari orasida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni tarqalishi va ko‘payishini oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar va sanitariya-gigiyena talablari quyidagilar hisoblanadi:
1. Yaratilgan gigiyenik sharoitlar va muhit:
✅Ventilyatsiya va havoning tozaligi:
Sinfxona va o‘quv xonalar muntazam shamollatilishi, havoning namligi va harorati sanitariya me’yorlariga mos bo‘lishi lozim.
✅Yoritish:
Tabiiy va sun’iy yoritish me’yorga mos bo‘lishi lozim. Kam yoritilgan xonalar ko‘z charchog‘iga olib keladi va immunitetni zaiflashtirishi mumkin.
✅Shovqin va vibratsiya:
Ta’lim jarayoni shovqinsiz muhitda tashkil qilinishi, ortiqcha ovoz va tebranishlar bolalarning asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
2. Shaxsiy va jamoat gigiyenasi:
✅Qo‘l gigiyenasi:
O‘quvchilar qo‘l yuvish madaniyatiga o‘rgatilishi kerak. Ayniqsa, ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan keyin.
✅Maxsus gigiyenik vositalar:
Ta’lim muassasalarida sovun, bir martalik qog‘oz salfetkalar yoki quritish uskunalari bo‘lishi shart.
✅Maktab formasi va shaxsiy gigiyena:
O‘quvchilar toza va talabga muvofiq kiyinishi kerak. Uzoq vaqt bir xil kiyim kiyish teri kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
✅Ovqatlanish gigiyenasi:
Maktab oshxonasi sanitariya talablariga mos bo‘lishi, foydalaniladigan mahsulotlar sifatli va xavfsiz bo‘lishi kerak.
3. Yuqumli kasalliklarning oldini olish:
✅Vaksinatsiya:
Bolalar davlat tomonidan belgilangan emlashlardan o‘tishlari kerak.
✅Izolyatsiya va nazorat:
Og‘riq alomatlari bo‘lgan bolalar darhol maktab jamoasidan ajratilishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.
✅Sinf va xonalarni dezinfeksiya qilish:
Maktab joylari muntazam tozalanishi, yuza va anjomlar dezinfeksiya qilib turilishi kerak.
✅Xonalarda nam tozalash:
Har kuni namlik bilan tozalash ishlari olib borilishi lozim.
4. Toza va jihozlangan hojatxonalar:
✅Maktab va MTTlarda sanitariya uzellari ishchi holatda bo‘lishi, muntazam tozalanib turilishi kerak.
✅Suv ta’minoti:
Ichimlik suvi bilan doimiy ta’minlangan bo‘lishi shart.
5. Psixologik va jismoniy sog‘liqni qo‘llab-quvvatlash:
✅Jismoniy faollik:
Maktab o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya darslari sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq tashkil qilinishi kerak.
✅Ortiqcha stress va yuklamalar:
Oqilona o‘quv jadvali tuzilishi, bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini inobatga olish kerak.
Bu talablar ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom muhitda ta’lim olishini ta’minlash va kasalliklarning oldini olishda asosiy rol o‘ynaydi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Maktablarga qo‘yiladigan gigiyenik talablar26-02-2025, 10:39
Go'zallik salonlari va sartaroshxonalariga qo'yiladigan gigiyenik talablar26-02-2025, 10:37
Savdo komplekslariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar27-02-2025, 09:35
Ta’lim muassasalarida ichimlik suviga qanday sanitariya talablari qo‘yilgan?6-02-2025, 09:09
Bolalar o‘yinchoqlari gigiyenik talablariga quyidagilar kiradi24-02-2025, 10:49