Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Davlat xizmatchilarining odob- axloq qoidalari – korrupsiyaga qarshi kurashning muxim omili bo`yicha

Davlat xizmatchilarining odob- axloq qoidalari – korrupsiyaga qarshi kurashning muxim omili bo`yicha

25-02-2026, 12:34
9


        Davlat xizmatchilarining odob- axloq qoidalari – korrupsiyaga qarshi kurashning muxim omili bo`yicha


Shovot tuman Sanitariya epidemiologik  osoyishtaligi va jamoat salomatligi  bo‘limi boshlig‘i M.K.Axmedov: yig‘ilishni ochiq deb e'lon qildi va yig`ilish qatnashchilarini  kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi ya`ni Davlat xizmatchilarining o’z faoliyatida amal qilishi lozim  bo`lgan odob- axloq qoidalarini bilmasligi ularning aniq bayon etilmasligi va bunday turdagi qoidalarning amal qilinishi ustidan lozim darajadagi nazoratning yo`qligi davlat xizmati sohasida suiste`mollik va korrupsiya  holatlari kelib chiqishining asosiy sabalaridan biri deb o`ylashimiz mumkin. Kriminologiya sohasidagi mutaxassislar fikricha jamiyatda kottupsiyani asosiy  manbayi aynan nopok mansabdor shaxlar xisoblanadi. Bu sohadagi olimlardan B.V.Voljenkin korrupsiyani keng ma`noda davlat va jamiatning boshqaruvi apparatini izidan chiqaruvchi, hokimiyatning axloqiy buzulishida, mansabdor shaxsning o`zlarining xizmat mavqyelaridan g`arazli maqsadlarida shaxsiy manfaatlarida foydalanishida ifodalangan xodisadir deb ifodalangan edi.

Odob-axloq qoidalarida davlat xizmatchilari o`z kasbiy faoliyatida amal qilishi lozim bo`lgan prinsiplar, majburiyatlar belgilab qo`yilgan bo`lib, ular davlat xizmati sohasida bevosita va bilvosita korrupsiyaviy qilmishlarni oldini olishga yo`naltirilgan deyishimiz mumkin. Xususan, mazkur qoidalarga ko`ra davlat xizmatchilari o`z kasbiy faoliyatida adolatlilik, halollik va xolislik, manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`ymaslik prinsiplariga amal qilish lozim.Shu bilan birga, davlat xizmatchilarining majburiyatlari sifatida o`z xizmat vazifalarini bajarishiga to`sqinlik qiluvchi  biror-bir  shaxsiy, mulkiy va boshqa manfaatlarning ta`siri  bilan bog`liq bo`lgan xatti-xarakatlarga barham  berish , o`zlarining xizmat vazifalarini  vijdonan bajarishda shubha paydo qilishi mumkin bo`lgan xulq-atvorning o`zini tiyish, xizmat mavqeyidan davlat organlari, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar faoliyatiga noqonuniy  ta`sir ko`rsatish uchun foydalanmaslik ko`rsatilgan.

Odob-axloq qoidalariga ko`ra davlat xizmatchilari o`z rahbarlarini yohud huquqni muhofaza qilish organlarini ularni huquqbuzarliklar sodir etishga og`dirish maqsadida biror-bir shaxslarning  qilgan   murojaatlarining barcha holatlari tog`risida, shuningdek boshqa davlat xizmatchilari tomonidan sodir etilgan huqubuzarliklarning o`zlariga ma`lum bo`lgan  har qanda holatlari haqida xabardor qilishi lozim.

Mazkur hujjatda davlat xizmatidagi rahbar shaxslarning ham bir qator majburiyatlari belgilangan.Xususan, rahbar o`ziga bo`ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalism soflik va adolatda o`rnak bo`lishi , davlat organida yoxud uning tarkibiy yoki xududiy bo`linmasida ma`naviy- psixologik muhid shakllanishiga ko`niklashishi lozim u bo`ysunuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib ketadigan topshiriqlarni bajarishini talab qilmasligi, shuningdek qonunga xilof xatti-xarakatlarni sodir etishga undamasligi kerak .

Rahbar kadrlarni qarindoshlik, hamshaharlik yoki shaxsiy saodat belgilari bo`yicha tanlash va joy-joyiga qo`yish holatlariga yo`l qo`ymaslik kerak. U guruhbozlik, mahlliychilik, favoritism ko`rinishlarining, shuningdek o`z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning qat`iy ravishda oldini olish lozim.Shu bilan birga, rahbar manfaatlar to`qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan o`z vaqtida chora-tadbirlar ko`rishi, korrupsiyaning oldini olish choralarini ko`rishi shart. Rahbar o`ziga bo`ysunuvchi , xizmatning xulq-atvori prinsiplari va qoidalarini buzayotgan xodimlarning xatti-harakatlariga (harakatsizligiga) yo`l   qo`ymasligi choralarini ko`rmaganligi uchun javob beradi.

Har qanday normative-huquqiy hujjatning amaliyotda ishlashi uning ishlash mehanizmi  qanchalik taminlangankiguga bog`liq. Odob-axloq namunaviy qoidalarida ushbu qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchu alohida bob mavjud bo`lib , unda qoidalarning samarali ijrosi va samarali ta`minlashga qaratilgan normalar kiritilgan. Bo`limda hamjihatlik, o`zaro ishonch , hurmat, bir-biriga g`amxo`rlik  qilish hamda ahil-inoqlik jamoa  a`zolarining o`zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.

Yig`ilishda so`z olgan Sanepidqo`mita Xorazm viloyati Shovot tumani bo`limi boshlig`i  M.K Axmedov va vrach epidemiolog , korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi mutaxassisi S.Qalandarova  aytib o`tgan so`zlari to`g`ri ekanligini ma`qullab , har qanday qonunbuzulishiga , ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarshi murosasizlik bilan kurashish, xizmat safarlari, nazorat  tadbirlari davomida mehnat faoliyati bilan bog`liq bo`lgan har qanday turdagi sarf-xarajatlarni boshqa shaxslar hisobidan amalga oshirmaslik, davlat xizmatchilari yoki boshqa shaxslar tomonidan sodir etishga undovchi murojaatlari haqida, shunungdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan  yoki tayyorgarlik ko`rilayotgan qonunbuzulishlar haqida o`zining rahbariga zudlik bilan ma`lum qilinishi to`g`risida gapirib , jamoa  a`zolarining bo`limga diqqatini tortadigan shaffof ko`rsatib turadigan, yelka, ko`krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida , metal zanjirlar, to`g`nog`ichlar tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa a`zolari bo`limga orasta bo`lib , unga monand kiyimda kiyimda kelishi lozim. 

 

 

                                               

 

                         SHOVOT TUMANI SANITARIYA - EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT

                         SALOMATLIGI BO‘LIMINING UMUMIY YIG‘ILISHI 

QAROR QILADI:

 

 

  1. Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman SEO va JSB boshlig`i M.K.Axmedov ma`ruzasi ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin
  2.  Tuman SEO va JSB bo`lim xodimlarining ishga vaqtida kelib ketishlari, odob- axloq va kiyinish madaniyati qoidalariga rioya qilinishi nazoratga qilinsin.


 

 

 

 


 

 

 

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.