Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Makaron laboratoriyada qay tarzda tekshiruvdan o‘tadi?

Makaron laboratoriyada qay tarzda tekshiruvdan o‘tadi?

18-02-2026, 09:03
9

🍝 Makaron laboratoriyada qay tarzda tekshiruvdan o‘tadi?

Makaron faqat qaynayotgan suvda sinovdan o‘tadi deb o‘ylaysizmi?
Yo‘q!
U avval laboratoriyada jiddiy tekshiruvlardan o‘tadi.

1-imtihon: “Tashqi ko‘rinish”
— Rangi bir xilmi?
— Sinib ketmayaptimi?
— Begona aralashmalar yo‘qmi?

2-imtihon: Namlik testi
Namlik me’yoridan oshsa — makaron tez buziladi.
Maxsus asboblar hammasini aniq ko‘rsatib beradi.

3-imtihon: Qaynash sinovi
Makaron suvga tushadi. Yopishib qoladimi? Shaklini yo‘qotadimi? Bu yerda ham baho qo‘yiladi!

4-imtihon: Tarkib tekshiruvi
Un sifati, qo‘shimchalar va standartlarga moslik sinchkovlik bilan tahlil qilinadi.

5-imtihon: Mikroskop ostida
Ko‘zga ko‘rinmaydigan bakteriyalar bormi? Agar xavf aniqlansa, savdoga chiqarishga ruxsat berilmaydi.

Xulosa qilib aytganda, laboratoriya xulosasisiz makaron peshtaxtaga chiqmaydi! Siz tanlayotgan makaron —mutaxassislar nazoratidan o‘tgan mahsulot.
🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati 

Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.