Bug'doy unining inson organizmiga xos bo'lgan xususiyatlari qanday?
#foydali_maslahat
❓Bug'doy unining inson organizmiga xos bo'lgan xususiyatlari qanday?
Un qaysi dondan olinganligiga qarab, bug‘doy, javdar, arpa, suli makkajo‘xori, guruch uni va boshqa turlarga bo‘linadi. Un oziq-ovqat sanoatining bir qator tarmoqlari, birinchi navbatda novvoylik, qandolatchilik va makaron sanoati uchun xomashyo hisoblanadi. Unning asosiy turlarini bug'doy va javdar unlari tashkil qiladi. Umumiy ishlab chiqarilayotgan unning 90% ga yaqin miqdori bug‘doy uniga to‘g‘ri keladi. Xossalari va tayyorlanish texnologiyasiga ko‘ra un nonbop va makaronbop tiplarga bo'linadi. Unning navi 100 kg dondan olingan un miqdori, ya’ni chiqishi bilan belgilanadi. Unning chiqishi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning navi shunchalik past bo‘ladi.
📌Bug'doy donidan oliy, birinchi, ikkinchi va jaydari, javdar donidan-elanma, sidirma, jaydari un navlari olinadi.
🔹Bug'doy unining muhimligining asosiy sabablaridan biri uning ozuqaviy qiymatidir. Bug'doy uni uglevodlar, oqsillar, B va E vitaminlari kabi vitaminlarning ajoyib manbai hisoblanadi. Bu oziq moddalar sog'lom tana funksiyalarini saqlash uchun zarurdir va ular odamlarni kundalik faoliyati uchun zarur energiya bilan ta'minlaydi.
🔹Tegirmonlarda bug'doy unini ishlab chiqarilayotganda un vitaminlar, temir moddasi bilan to'yintiriladi. Bu moddalarga ishlov berish jarayonida qiymatini yo'qotmasligi uchun yakuniy bisqichda qo'shiladi va yaxshilab aralashtiriladiki, natijada bir siqim unda ham barcha ozuqaviy moddalar mavjudligiga erishiladi.
❓Boyitilgan bug'doy unidan tayyorlangan taomlar o'z xususiyatini yo'qotadimi?
Boyitilgan undan pishirilgan taom, non va boshqa mahsulotlar o'z xususiyatini yo'qotmaydi, ta'mida ham o'zgarishlar bo'lmaydi. Non yopish jarayonida boyitilgan un 95 foizgacha o'zining ozuqaviy moddalarini saqlab qoladi.
●Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman axborot xizmati
Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
BA'ZI OTA - ONALAR AKDS VAKSINASIDAN FARZANDLARIDA KUZATILADIGAN ISITMA SABABLI IKKILANISHADI6-02-2025, 10:53
Chang bronxit o’zi nima?4-04-2025, 10:08
Aholini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash9-04-2025, 09:18
Salonlarda yuqishi mumkin bo'lgan kasalliklar qanday yo'llar orqali yuqadi?30-10-2024, 17:55
Qon orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar6-02-2025, 11:04