Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » "Korrupsiya xolatlariga yo‘l qo‘ymaslik”

"Korrupsiya xolatlariga yo‘l qo‘ymaslik”

30-01-2026, 11:03
32
"Korrupsiya xolatlariga yo‘l qo‘ymaslik” to’g’risida, O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni bo‘yicha hamda Radikalizm va diniy ekstrimizm mazmun-mohiyati va ahamiyati va ularga qarshi kurashish, Ukrainada bo‘layotgan urush oqibatlari va chegara sarxadlari bo‘yicha 

Shovot tuman Sanitariya epidemiologik  osoyishtaligi va jamoat salomatligi  bo‘limi boshlig‘i M.K.Axmedov: yig‘ilishni ochiq deb e'lon qildi va kun tartibidagi masala ya`ni “Korrupsiya xolatlariga yo‘l qo‘ymaslik” to’g’risida, O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni bo‘yicha hamda Radikalizm va diniy ekstrimizm mazmun-mohiyati va ahamiyati va ularga qarshi kurashish, Ukrainada bo‘layotgan urush oqibatlari va chegara sarxadlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot va tushunchalar berish uchun so‘zni Davlat Xavfsizlik Xizmati Shovot tuman bo‘limi hodimi F.Jo‘raboevga berdi.   

Davlat Xavfsizlik Xizmati Shovot tuman bo‘limi hodimi F.Jo‘raboev so‘zga chiqib: “Korrupsiya xolatlariga yo‘l qo‘ymaslik” to’g’risida, O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni bo‘yicha hamda Radikalizm va diniy ekstrimizm mazmun-mohiyati va ahamiyati va ularga qarshi kurashish, Ukrainada bo‘layotgan urush oqibatlari va chegara sarxadlari bo‘yicha bo`yicha bir qancha ma’lumotlar berib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinng 2021 yil 6-iyuldagi Karrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi №PQ-5177-sonli qaroriga asosan, “Biz barchamiz karrupsiyaga qarshimiz” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinng 2021 yil 6 iyuldagi “Karrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida karrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoniga muvofiq hamda karrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarining amalga oshirilishini samarali tashkil etish masadida: 2021 yil 1 sentabrdan boshlab davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari davlat unitar korxonalari va muassasalari davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarda ishga qabul sinov tadbirlarini internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etilganligi, karrupsiyaviy xatti-xarakatlar sodir etilganda xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha, karrupsiyaviy xatti-xarakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish xamda ko‘rib chiqish reglamenti, karrupsiyaviy xavf-xatarlarni baxolash uslubiyati, karrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosat ilovalarga muvofiq tasdiqlanganligi to‘g‘risida o‘qib eshittirdi tumanda karrupsiya xolati ko‘payotganligi bu illat oqibati yomonligi to‘g‘risaida tushintirish berdi.“Biz barchamiz karrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida karrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari ishlab chiqilganligi, Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat ekanligini tushuntirib o‘tdi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonunining mazmun moxiyatini o‘qib eshittirdi. Mazkur Qonunning maqsadi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 

manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat;

shaxsiy manfaatdorlik — davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud u bilan aloqador shaxslar ushbu xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita qaror qabul qilinishi yoki xodimning ushbu jarayonda boshqacha tarzda ishtirok etishi natijasida olishi mumkin bo‘lgan har qanday naf yoki afzallik;

yaqin qarindoshlar — ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari. Ushbu Qonunning maqsadlarini nazarda tutgan holda mazkur moddada “nazorat” deganda davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining tegishli tashkilot faoliyatini shaxsan yoki o‘zining bo‘ysunuvidagi shaxs orqali tekshirish yoxud unga nisbatan qonunchilikda belgilangan har qanday imtiyozlarni (preferensiyalarni) qo‘llash yoki uni har qanday javobgarlikka tortish (javobgarlikka tortish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish) yoxud unga litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berish (xabarnomani qabul qilish) huquqi tushuniladi. Davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar xodimi lavozim majburiyatlarining yoki xizmat vakolatlarining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan boshqa cheklovlar qo‘llanilishi mumkinligi to‘g‘risida axborot berib xozirgi kunda ayrim fuqarolar o‘rtasida din nimaligini uncha yaxshi tushunmay, begona dogma va aqidalarga amal qiluvchi, hatto bilib-bilmay targ‘ibot qilishga urinayotganlar tuzog‘iga tushib qolayotganliklari aytib bu borasida tushunchalar berdi. 

Ekstremizm – jamiyatdagi siyosiy muhit barqarorligini izdan chiqarishga harakat qilish, mamlakatda konstitutsiyaviy tizimni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hukumatni qo‘lga olishga va uning vakolatlariga ega bo‘lishga urinish, milliy, irqiy, etnik va diniy ziddiyatlar avj olishiga turtki berish kabi xatti-harakatlarning namoyon bo‘lishida ko‘rinadi. Daromadlarning pasayishi, aholi katta qismining turmush sharoitlari yomonlashuviga olib keluvchi iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz, davlat boshida turgan hukumatning zaiflashuvi va obro‘sizlanishi, islom dinining asosiy qadriyatlarini tushunmaslik, milliy qadriyatlar – til va madaniyatning qadrsizlanishi va hokazolar ekstremizmga olib keluvchi omillar hisoblanadi. Keng auditoriyaga ega bo‘lgan va uning ongiga ta’sir ko‘rsata oladigan jurnalistika mana shu sabablarning ildiz otib, jamiyatda noroziliklar uyg‘otishiga emas, aksincha yo‘q bo‘lib ketishiga, tinchlik barqarorligini saqlashga xizmat qilishi kerak. Agar biz bilib-bilmay, har bir so‘z va matn mohiyatini o‘zimiz anglamay OAVda, ijtimoiy tarmoqda chiqishlar qilaversak, tahrirga mantiqan chuqurroq yondashmasak, bularni tugatish o‘rniga avj oldirishga turtki bergan bo‘lamiz.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligida malakatda zo‘ravon ekstremizmga qarshi odilona siyosat olib borilmoqda. Prezident tavsiyasiga ko‘ra hozir davlatimiz uchun xavf tug‘dirmayotgan ayblanganlar “qora ro‘yxat”dan chiqarildi. Hatto sobiq ekstremistlarga kreditlar berilib, tadbirkorlik qilishlariga imkoniyat yaratildi. Bir necha yildan buyon Ichki ishlar tizimida diniy ekstremizm va terrorizm g‘oyalarining targ‘ib qilinishiga qarshi yo‘naltirilgan Maxsus antiterror markaz faoliyat olib bormoqda. Bu markaz maxsus ro‘yxatda turuvchi shaxslar, shuningdek terrorchilik tashkilotlari tarkibida bo‘lganligi uchun jazoni o‘tab chiqqanlar bilan ish olib boradi.

O‘zbekiston zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurashda YeXHT, BMT kabi xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan ular bilan birga qator seminar va konferensiyalar tashkil etilayotir. Ularda respublika hududlarida faoliyat olib borayotgan ko‘plab jurnalistlar ishtirok etmoqda. Kelgusida shu tadbirlarni yana izchil davom ettirib, ularga din nimaligini uncha yaxshi tushunmay, begona dogma va aqidalarga amal qiluvchi, hatto bilib-bilmay targ‘ibot qilishga urinayotganlarni ham jalb qilish maqsadga muvofiqdir. 

Ukrainada bo‘layotgan urush oqibatlari va chegara sarxadlari bo‘yicha gapirib, Ukrainada bo‘layotgan urush natijasida bir qancha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning xalokati to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. 

Jumladan, Ukrainaga qarshi jang qilgan yoki qilayotgan kamida 2715 nafar O‘zbekiston fuqarosining ism-shariflari e’lon qilingan. Ularning soni yildan yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2023 yilda 498 nafar, 2024-yilda yana 941 nafar o‘zbekistonlik Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolagan. 2025 yilning birinchi yarmida esa 1 300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiya armiyasi tarkibida urushga yo‘l olgan.

Shu va shunga o‘xshash bir qancha yangilik va ma’lumotlarga to‘xtalib xodimlar o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib bordi.

 

                                               

 

                                   SHOVOT TUMANI SANITARIYA - EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT

                         SALOMATLIGI BO‘LIMINING UMUMIY YIG‘ILISHI 

QAROR QILADI:

 

 

  1. DXX Shovot tuman bo‘limi xodimining “Korrupsiya xolatlariga yo‘l qo‘ymaslik” to’g’risida, O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni bo‘yicha hamda Radikalizm va diniy ekstrimizm mazmun-mohiyati va ahamiyati va ularga qarshi kurashish, Ukrainada bo‘layotgan urush oqibatlari va chegara sarxadlari bo‘yicha” olib borilgan seminar ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.


 

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.