MUTAXASSISDAN TAVSIYALAR

MUTAXASSISDAN TAVSIYALAR
‼️ O‘zingiz va atrofdagilar sog‘lom bo‘lishini xohlasangiz, gripp va o‘tkir respirator kasalliklarga gumon qilinsangiz, darhol shifokorga murojaat eting.
‼️ Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:
🔹Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) bilan og‘rigan barcha bemorlar isitma davrida albatta yoting va shifokorni uyga chaqiring;
🔹 kasallikni oyoqda o‘tkazmang;
🔹 shifokor maslahati va tavsiyalari asosida ish tuting;
🔹 agar bemor uy sharoitida davolansa, unga alohida xona, idish, sochiq, o‘rin-ko‘rpa ajratilib, kam harakat qilishi lozim;
🔹 bemorga qarayotganlar burun va og‘izini respirator yoki dokali niqob bilan to‘sishi va qo‘llarini tez-tez sovunlab yuvib turishga e’tibor qarating;
🔹 bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, namli tozalov ishlarini amalga oshiring;
🔹 ko‘proq suyuqlik – quruq mevalar qaynatmasi, meva sharbatlarini iching hamda oson hazm bo‘ladigan oqsil va vitaminlarga boy taomlarni iste’mol qiling;
🔹 kasallangan davrda jamoat joylariga (ishxona, o‘qish, kinoteatlar, konsert zallari, yig‘ilishlar, mehmonga) bormang;
🔹 yo‘talganda va aksirganda og‘iz-burunni ro‘molcha bilan yoping.
‼️O‘zboshimchalik bilan davolanish kasallikning og‘ir asoratlarga olib kelishini unutmang!
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱Telegram| (https://t.me/sanepidcommittee)📱Instagram| (https://instagram.com/sanepid__uz)📱Facebook| (https://fb.me/@sanepidxizmat)📱YouTube| (https://www.youtube.com/channel/UC4sCgbkdEFtYOQSK-dvOOEQ)📱Veb-sayt (https://gov.uz/oz/sanepid) | 🌐Emlash veb-sayt (https://emlash.sanepid.uz/uz/index.html)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Emlash – grippdan himoyalanishning eng samarali usuli8-09-2025, 09:20
Emlash – grippdan himoyalanishning eng samarali usuli29-10-2025, 15:17
ÓRVI" (Oʻtkir respirator virusli infeksiya) — bu16-07-2025, 09:46
O‘tkir respirator infeksiyalaridan (O‘RI) himoyalanish.27-10-2025, 15:57
Anomal issiq havoda sog‘liqqa zarar yetkazmaslik uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling.25-07-2025, 09:15











