Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Turli xil konservadan zaharlanish (ayniqsa botulizm)ni oldini olish uchun quyidagi jihatlarga juda katta ahamiyat berish kerak

Turli xil konservadan zaharlanish (ayniqsa botulizm)ni oldini olish uchun quyidagi jihatlarga juda katta ahamiyat berish kerak

26-11-2025, 11:06
22
Turli xil  konservadan zaharlanish (ayniqsa botulizm)ni oldini olish uchun quyidagi jihatlarga juda katta  ahamiyat berish kerak:

1. Uy sharoitida tayyorlangan konservalarga ehtiyot bo‘ling

* Eng ko‘p zaharlanish aynan uy sharoitidagi konservalardan bo‘ladi (bodring, pomidor, adjiqa, go‘sht konservasi va boshqalar).
* Qopqog‘i shishgan, achigan, hidlangan, rang o‘zgargan konservalarni aslo iste’mol qilmang.

2. Banka qopqog‘ini tekshiring

Konservani ochmasdan oldin:

* Qopqoq  shishgan yoki bo‘kkan bo‘lsa – iste’mol QILINMAYDI.
* Qopqoqdan suqilish/oqish bo‘lsa – tashlanadi.
* Isitilganida yoki ochilganida foydalanilgan havo bosimi kuchli chiqsa – ehtiyot bo‘ling.

3. Gigiyenaga qat’iy rioya qilish

Uyda konserva tayyorlashda:

* Idishlar, qopqoqlar, pichoq, taxtacha  mukammal sterilizatsiya qilinishi kerak.
* Biror mahsulotda chirish, mog‘or bo‘lsa, uni konservaga ishlatmang.

4. Harorat va sterilizatsiya

* Go‘sht, qo‘ziqorin va baliq konservalari 120°C darajada sterilizatsiya talab qiladi (oddiy qaynash yetarli emas).
* Uyda bu darajaga yetish qiyin, shuning uchun bunday mahsulotlarni uy sharoitida konserva qilish tavsiya ETILMAYDI.

5. Do‘kondan olingan konservalar

* Yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa aslo olmang.
* Bankasi egrilangan, zanglagan, shishgan bo‘lsa – xarid qilmang.
* Yorlig‘i yirtilgan, ishlab chiqaruvchi noma’lum mahsulotlarni olmang.

6. Ochiqdan keyin saqlash qoidalari

* Konserva ochilganda tarkibini shisha idishga solib, sovutkichda 24–48 soatgacha saqlang.
* Ochilgan metall banka ichida uzoq vaqt saqlamang.

7. Baliq va qo‘ziqorin konservalarida ehtiyot bo‘ling

Bu mahsulotlar botulizm xavfi bo‘yicha eng xavflilar sirasiga kiradi.
Hid, rang, tuzilma o‘zgargan bo‘lsa – iste’mol qilmang.

8. Zaharlnash belgilarida darhol shifokorga

Agar konservadan zaharlanishdan shubha bo‘lsa:

* Qusish, ko‘ngil aynishi
* Ikki ko‘rish
* Mushaklar sustlashishi
* Nafas olish qiyinlashishi
❗️ Bu botulizm belgilaridir — darhol tez yordam chaqirish kerak .      


🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman axborot xizmati

Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.