Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » MAKTAB O‘QUVCHILARINING OVQATLANISHIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR

MAKTAB O‘QUVCHILARINING OVQATLANISHIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR

8-09-2026, 15:28
19
🍎 MAKTAB O‘QUVCHILARINING OVQATLANISHIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish — bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishi, immuniteti hamda o‘qish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim omildir.
📌 Maktab o‘quvchilarining ovqatlanishida quyidagi gigiyenik talablarga rioya qilish lozim:
🥗 Ratsion xilma-xil va muvozanatli bo‘lishi, tarkibida oqsil, yog‘, uglevod, vitamin va minerallar yetarli miqdorda bo‘lishi;
🍎 Meva va sabzavotlarni muntazam iste’mol qilish;
🥛 Sut va sut mahsulotlari, go‘sht, baliq, tuxum kabi foydali mahsulotlarni ratsionga kiritish;
💧 Kun davomida yetarli miqdorda toza ichimlik suvi iste’mol qilish;
🍔 Fast-fud, chips, shirin gazli ichimliklar va ortiqcha shakar hamda tuz iste’molini cheklash;
🧼 Ovqatlanishdan oldin qo‘llarni sovunlab yuvish;
🍽 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati va saqlash sharoitiga e’tibor berish;
⏰ Ovqatlanish tartibiga rioya qilish, nonushtani o‘tkazib yubormaslik.
⚠️ Unutmang! Sog‘lom ovqatlanish — sog‘lom avlod garovidir. Farzandlarimizning to‘g‘ri ovqatlanishiga bugundan e’tibor qarataylik!


🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati

Telegram || Instagram || Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.