Gepatit A — “iflos qo‘llar” kasalligi
Gepatit A — “iflos qo‘llar” kasalligi🦠 Gepatit A — jigarni zararlovchi yuqumli kasallik bo‘lib, asosan iflos qo‘llar, iflos suv va oziq-ovqat orqali yuqadi.
Kasallik qanday yuqadi?
✅ Qo‘lni yuvmasdan ovqatlanish
✅ Qaynatilmagan yoki iflos suv ichish
✅ Yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlarni iste’mol qilish
✅ Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik
Asosiy belgilari
🌡 Isitma
🤢 Ko‘ngil aynishi va qusish
😴 Holsizlik, tez charchash
🤕 Qorin og‘rig‘i
🟡 Ko‘z oqi va terining sarg‘ayishi
🟠 Siydik rangining to‘q sariq tusga kirishi
Kimlar xavf ostida?
👧🧒 Maktab va bog‘cha yoshidagi bolalar
🚰 Toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan hududlarda yashovchilar
👨👩👧 Gigiyena qoidalariga rioya qilmaydigan shaxslar
Oldini olish choralari
🧼 Qo‘llarni sovun bilan muntazam yuvish
💧 Faqat toza va xavfsiz suv iste’mol qilish
🍎 Meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish
🍲 Ovqatlarni to‘liq pishirib iste’mol qilish
💉 Gepatit A ga qarshi emlanish
Eslab qoling!
Toza qo‘llar — Gepatit A dan ishonchli himoya!
Gigiyena qoidalariga rioya qilish o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini asraydi.
Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati
Telegram Instagram Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











