1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniBugun, 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu sana nafaqat bayram, balki jamiyatning eng qimmat boyligi bo‘lgan bolalarning huquqlari, salomatligi, ta’limi va farovon hayotiga e’tibor qaratiladigan muhim kun hisoblanadi.
Har bir bolaning kelajagi mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik va himoya bilandir. Ularning baxtli bolaligi, sifatli ta’lim olishi, o‘z qobiliyatlarini erkin namoyon etishi va xavfsiz muhitda ulg‘ayishi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo‘lib, ertangi kun poydevori sifatida xizmat qiladi.
Aziz bolajonlar! Sizlar yurtimizning ertangi kuni, xalqimizning eng katta umidi va faxrisiz. Qalbingizdagi orzular hech qachon so‘nmasin, yuzingizdagi tabassum doimo porlab tursin! Ilmga chanqoq, vatanparvar, ezgu maqsadlar sari intiluvchi insonlar bo‘lib voyaga yetishingizni tilaymiz!
🔰Sanepidqo‘mita Shovot tuman bo'limi axborot xizmati
Telegram Instagram Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











