Emlash_haftaligi haqida
#Emlash_haftaligi📆Mamlakatimizda 2026-yil 20–25-aprel kunlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda UNIСEF bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan Yevropa emlash haftaligi — "Vaksinalar har bir avlod uchun natija bermoqda" shiori ostida o‘tkaziladi.
💉"Emlash haftaligi" davomida butun mamlakat bo‘ylab tibbiyot muassasalarida emlanmagan fuqarolarni qamrab olishga qaratilgan "tozalovchi" emlash ishlari olib boriladi.
Eng muhimi, mamlakatimizda vaksinalarning sifati va samaradorligi xalqaro standartlar asosida olib boriladi, uning monitoringi barcha sog‘liqni saqlash muassasalarida yuqori darajada ta’minlangan.
📈Har bir bola sog‘lom hayot boshlashga loyiq ekanligi, emlanishi va infeksiyalardan himoyalanishi kerakligi haqidagi ishonchni har bir ota-onaga yetkazish zarur va bu Yevropa immunizatsiya haftaligining asosiy maqsadi hisoblanadi.
📌Emlashni rad etish orqali siz o‘zingizni va farzandlaringizni salomatlik huquqidan mahrum qilishingiz mumkin.
📌Vaksina nafaqat o‘zingizni, balki atrofdagilarni ham himoya qiladi. Agar ko‘pchilik (aholining 90-95%) emlangan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan kollektiv immunitet hosil bo‘ladi. Demak, millatning salomatligi har bir shaxsning tanloviga bog‘liq.
📝Boshqariladigan infeksiyalarga qarshi aholini emlash Sog‘liqni saqlash vazirligining barcha davolash-profilaktika muassasalarida bepul amalga oshiriladi.
⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati
📱Telegram| (https://t.me/sanepidcommittee)📱Instagram| (https://instagram.com/sanepid__uz)📱Facebook| (https://fb.me/@sanepidxizmat)📱YouTube| (https://www.youtube.com/channel/UC4sCgbkdEFtYOQSK-dvOOEQ)📱Veb-sayt (https://gov.uz/oz/sanepid) | 🌐Emlash veb-sayt (https://emlash.sanepid.uz/uz/index.html)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Immunizatsiya haftaligi12-06-2025, 09:14
JAHON SOG‘LIQNI SAQLASH TASHKILOTI NIPAHNING GLOBAL MIQYOSDA TARQALISH XAVFINI PAST DEB BAHOLAMOQDA.2-03-2026, 11:16
💉EMLASH – YUQUMLI KASALLIKLARGA QARSHI KURASHDA ENG MUHIM VOSITA5-02-2026, 10:23
Umra ziyoratchilarini meningitga emlash bo`yicha xabarnoma5-02-2025, 09:34
Urganch shahridagi “Karavan” mehmonxonasida Xorazm viloyatida “Vaksinalarni saqlash, tashish va sovutkich uskunalarini xaritalashda "LogTag" jihozini tayyorlash hamda ma’lumotlarni o‘qish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.19-11-2025, 09:01











