Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Umra ziyoratchilarini meningitga emlash bo`yicha xabarnoma

Umra ziyoratchilarini meningitga emlash bo`yicha xabarnoma

5-02-2025, 09:34
26
⚡️ Umra ziyoratchilarini meningitga qarshi emlash bo‘yicha 
XABARNOMA

🇸🇦 Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2025-yilda mamlakatga tashrif buyuruvchilar, jumladan “Umra” ziyoratchilari uchun meningitga qarshi emlanish majburiy etib belgilangani ma’lum qilindi.

🔹 Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni davrda dunyoda meningokokk bilan kasallanish holatlari ko‘payishi kuzatilmoqda.

▪️Soha mutaxassislari bildirishicha, ushbu infeksiya havo orqali yuqadigan kasallik bo‘lib, unga chalingan shaxs aksirsa yoki yo‘talsa infeksiya butun atrofga tarqaydi. Meningit istalgan yoshda uchrashi mumkin.

▫️Shu bois, ziyoratchilar odamlar gavjum joylarda himoya niqoblaridan foydalanishlari, shaxsiy gigienaga rioya qilishlari va kasallikdan saqlanish ehtiyot choralarini ko‘rishlarini tavsiya etamiz.

📌 Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy etgan tartib-qoidaga ko‘ra, emlanish podshohlikka kirishdan kamida 10 kun oldin amalga oshirilgan bo‘lishi lozim. Emlanganlik sertifikatining amal qilish muddati 3 yilni tashkil etadi.

🏥 Umra safarini niyat qilgan fuqarolarimiz respublikamizning barcha markaziy poliklinikalari yoki vaksinasiya markazlarida meningitga qarshi emlanishlari mumkin.
🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.