Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Oromgohlarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari

Oromgohlarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari

29-06-2026, 15:16
17
Oromgohlarda profilaktik dezinfeksiya tadbirlari
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati Shovot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida bolalarning xavfsiz va sog‘lom dam olishlarini ta’minlash maqsadida navbatdagi profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, oromgohlarda keyingi smena faoliyati boshlanishidan oldin yotoqxonalar, ovqatlanish zallari, oshxona va yordamchi xonalar hamda umumiy foydalanish joylarida profilaktik dezinfeksiya ishlari olib borildi.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi yuqumli kasalliklarning oldini olish, oromgoh hududida sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash hamda bolalar uchun sog‘lom va xavfsiz muhit yaratishdan iboratdir.
Shovot tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan oromgohlar faoliyati davomida sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari muntazam ravishda olib borilishi belgilangan.
🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati

Telegram Instagram Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.