Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Ipoteka kreditlarini berish tartibi haqida

Ipoteka kreditlarini berish tartibi haqida

27-12-2025, 15:27
35

Ipoteka kreditlarini berish tartibi haqida

 

        “2024 yil 30-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni  PF-70-sonli qarori qabul qilindi.

        Aholi ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta'minlanadi.

        Farmonga ko'ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturi (Dastur) doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi:

  • § hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo'lgan ko'p qavatli uy-joylar quriladi;
  • § qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo'yicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi;
  • § ko'p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinadi;
  • § ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so'm mablag' yo'naltiriladi;
  • § kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun 120 million so'mgacha ipoteka kreditlari ajratiladi;
  • § banklarning o'z mablag'lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalaniladi.

        Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga 120 million so'mgacha ipoteka krediti beriladi

        

 

Shovot tumani YXKM

                                                                        bosh yuristkonsulti T.Davletov

 

 

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.