Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Murojaatlar haqida umumiy tushuncha

Murojaatlar haqida umumiy tushuncha

24-12-2025, 09:08
78

Murojaatlar haqida umumiy tushuncha

 

            O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabr kunidagi O‘RQ-445-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunining 5-moddasida murojaatlarning shakllari va turlari ko’rsatilgan. Bunga asosan murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin. Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi. Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi.

        Murojatlarning quyidagi turlari mavjud: ariza, taklif va shikoyat

        Murojaatning dublikati — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatining ko‘chirma nusxasi.

        Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

        Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

        Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

        Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari ko‘rsatilishi mumkin.

        Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.

        Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.

        Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

 

Shovot tumani YXKM

 bosh yuristkonsulti T.Davletov

 

 

 

Murojatlarning turlari va shakllari

 

Murojatlarning quyidagi turlari mavjud: ariza, taklif va shikoyat

        Ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;

        Shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;

        Elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno;

Takroriy murojaat — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan, uning avvalgi murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilinayotgan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilayotgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytga kelib qonunchilikda belgilangan ko‘rib chiqish muddati tugagan bo‘lsa, ilgarigi murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi to‘g‘risida xabar qilinayotgan murojaat;

        Anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat;

 

  Shovot tumani YXKM

                                                                          bosh yuristkonsulti A.Duschanov

 

 

 

 

 

Yuridik yordam olish 

          Davlat hisobidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam — Qonunda belgilangan tartib-taomillar va shartlarga muvofiq davlat hisobidan to‘liq yoki qisman ko‘rsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordam.

          “Yuridik yordam” axborot tizimi — tasodifiy elektron tarzda tanlab olish yo‘li bilan jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatlarni jalb etish, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan va davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan maxsus elektron axborot tizimi;

          Quyidagi jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi:

  • kam ta’minlangan shaxslar, agar ular fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar, ma’muriy ishlar bo‘yicha ariza beruvchilar, ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar hamda jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek, mahkumlar bo‘lsa;
  • ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda;
  • o‘z huquqlari buzilgan, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;
  • O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

          Shovot tumani YXKM

 boshlig‘i  K.Ismailov

 

 

 

 

Jismoniy shaxslarga sudlarda qaysi ishlar bo‘yicha davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi?

 

 

Jismoniy shaxslarga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va ma’muriy sudlarga taalluqli bo‘lgan quyidagi ishlar bo‘yicha davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi:

  • ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash;
  • ishga tiklash;
  • ish haqini undirish;
  • alimentlarni undirish;
  • uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish;
  • mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek, boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 991-moddasida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlarining va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash.

          

 Shovot tumani YXKM bosh 

yuriskonsulti I.Raximberganov

 

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.