Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi xodimlari tomonidan o'rganuv ishlari olib borildi

Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi xodimlari tomonidan o'rganuv ishlari olib borildi

17-09-2025, 09:33
51






🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi xodimlari tomonidan  o'rganuv ishlari olib borildi 

Ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 49-son umumta’lim maktabi ham o‘rganildi.
✅O‘rganish jarayonida mazkur ta’lim muassasasida issiqlik tizimlari, yoritish vositalari, o‘quv xonalari va yordamchi binolarning mavsumiy talablarga mos holatga keltirilgani, shuningdek, maktab hovlisi va uning atrofi obodonlashtirilgani aniqlandi.
✅Hududda tozalik ishlari olib borilgan, daraxt va butalarga shakl berilgan, gullar ekilgan hamda o‘quvchilar uchun qulay muhitni ta’minlash maqsadida zarur sharoitlar yaratilgan.
✅Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 49-son maktabning kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritishi hamda ta’lim jarayonining samarali tashkil etilishi uchun yetarli imkoniyatlar yaratildi.

🔰Sanepidqo‘mita  Shovot tuman bo'limi axborot xizmati 

Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb) || Instagram || Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61565091835593&mibextid=ZbWKwL)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.