Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » ❓Kimlar qachon va qanday qon tahlillari topshirishi kerak?

❓Kimlar qachon va qanday qon tahlillari topshirishi kerak?

26-06-2025, 09:36
4
❓Kimlar qachon va qanday qon tahlillari topshirishi kerak?

🌡Qon – inson organizmidagi eng muhim suyuq toʻqima boʻlib, uning asosiy qismini kichik qon tanachalari tashkil etadi.
🤧 Aynan ushbu elementlarning soni, shakli va funksiyasiga koʻra, tanadagi turli yalligʻlanishlar, anemiya, onkologik kasalliklar, immun tizimi va tromboz kabi patologik oʻzgarishlar haqida barvaqt maʼlumot olish mumkin. (https://t.me/ssvuz/18487)

💬 —  Qon tahlillari topshirish – har bir inson uchun oʻz salomatligini baholash va nazorat qilishda muhim jarayon hisoblanadi, — deydi Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Orifjon Aripov. 

🔎 — Jumladan, bunday tekshiruv usullari yuqumli va surunkali kasalliklar, infeksiyalar (masalan, viruslar yoki bakteriyalar), diabet, gepatit hamda OIV kabi xavfli xastaliklarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.

🩺 Buyrak, jigar, yurak va qalqonsimon bez kabi aʼzolar faoliyatini tekshirish, temir, B12, D kabi vitamin hamda boshqa muhim moddalar miqdorini bilish ham aynan ushbu tahlillar yordamida qulay amalga oshiriladi. Qolaversa, bunday tekshiruvlar orqali qon bosimi, qand miqdori va xolesterinni nazorat qilish, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini erta aniqlash hamda ularning oldini olish mumkin.

💊 Shuningdek, laborator qon tahlillari dori vositalari samaradorligini baholash va ularning organizmga taʼsirini kuzatishda ham juda muhim.

👩‍⚕️ Shu bois shifokor koʻrsatmasi bilan birlamchi tibbiyot muassasalari orqali qon tahlillari topshirish zarur. Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash protokollari asosidagi laborator tekshiruvlar tavsiya etiladi.

📌 Jumladan:

🔢Sogʻlom insonlar (profilaktika maqsadida):

✅ Yilda 1 marta quyidagi asosiy qon tekshiruvlaridan oʻtishi kerak:

➡️ umumiy qon tahlili (UQT – umumiy qon tahlili);
➡️qon bioximiyasi (jigar, buyrak, qand, xolesterin va h.k.);
➡️qonda qand miqdori (glyukoza);
➡️xolesterin va lipid profili;
➡️qonda temir miqdori va gemoglobin;
➡️D va B12 vitamini (agar simptomlar boʻlsa).

🔢Surunkali kasalligi bor insonlar (masalan, diabet, gipertoniya, yurak xastaliklari):

✅ Yilda 2 – 4 marta yoki shifokor tavsiyasiga koʻra, qon tahlillari topshirishi lozim.

🔢Homilador ayollar:

🤰Homiladorlik davrida tahlillar shifokor tavsiyasi bilan har 3 oyda kamida 1 marta, baʼzan har oyda topshiriladi.

🔢Yoshi katta insonlar (50 yoshdan yuqori):

✅ Yilda 1–2 marta toʻliq laborator tekshiruvlardan oʻtishi kerak. Sababi insonning yoshi ulgʻaygani sari xavf omillari ham ortib boradi.

🔢Alohida simptomlar paydo boʻlsa:

✅ Quyidagi holatlarda darhol qon tahlillari topshirish tavsiya etiladi:

➡️charchoq, koʻngil aynishi, toʻsatdan ozib ketish;
➡️teri oqarishi yoki sargʻayishi;
➡️ishtaha yoʻqolishi;
➡️harorat koʻtarilishi;
➡️notekis yurak urishi yoki nafas qisishi.

🧠aokaxorazm.uz (http://aokaxorazm.uz/) | 🌐Facebook (https://www.facebook.com/aokaxorazm/) | ✈️Telegram (https://t.me/aokaxorazm) |📸Instagram (https://www.instagram.com/aokaxorazm/)

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.