Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » Virusli gepatit A kasalligi maktab yoki boshqa bolalar muassasalarida aniqlanganda quyidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

Virusli gepatit A kasalligi maktab yoki boshqa bolalar muassasalarida aniqlanganda quyidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

6-02-2025, 10:55
22
Virusli gepatit A kasalligi maktab yoki boshqa bolalar muassasalarida aniqlanganda quyidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

1. Zararsizlantirish ishlari

Virusli gepatit A kasalligi aniqlangan har bir holat bo‘yicha uyushgan muassasalarda va kasallik o‘choqlarida yakuniy zararsizlantirish tadbirlari muassasa xodimlari va dezinfeksiya bo‘limi mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladi.Bunda kasallik aniqlangan o'choqlarda,sinf va guruh xonalari, hojatxona va umumiy foydalaniladigan joylar, o‘rin oqliklar, idish-tovoqlar to‘liq dezinfeksiya qilinadi.

2. Maktabning karantinga yopilishi

Uyushgan muassasalarda bir inkubatsion davrda bir biriga bog‘liq bo‘lgan o‘choqlilik holatlarini yuzaga kelishida shart sharoitlar bo‘lsa, ya’ni sanitar gigiyenik tadbirlarpga rioya etilmasa, toza ichimlik suvi ta’minoti, zararsizlantiruvchi vositalar bilan to‘liq ta’minlanmagan bo‘lsa, shu muassasada kasallikni tarqalishi bilan bog‘liq epidemik xavf yuzaga kelsa, virusli gepatit "A" kasalligiga qarshi emlanmagan bolalar soni yuqori bo‘lib, jamoaviy immunitet shakllanmagan holatlarda Sanepidqo'mitaning hududiy bo'limlari qarori bilan vaqtincha karantinga yopilishi mumkin. Karantin muddati virusning inkubatsiya davri (28-35 kun), muassasada sanitariya qoidalariga amal qilish uchun sharoit tiklangunga qadar va epidemiologik xavf holatiga qarab belgilanadi.


3. Profilaktika va nazorat ishlari

Maktabda muloqotda bo‘lgan o‘quvchilar va pedagog xodimlar tibbiyot xodimlari tomonidan 35 kunlik tibbiy kuzatuvga olinadi.

Gepatit A virusining tarqalishini oldini olish borasida o'quvchilar, pedagog va boshqa xodimlarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sanitar-gigiyenik hamjda zararsizlantirish tadbirlariga amal etish  bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.

Zarur hollarda emlash ishlari olib borilmagan o‘quvchilar va xodimlarga  emlash tadbirlari o‘tkazilishi tavsiya etiladi.
Qabul qilinadigan choralar Sanepidqo'mitaning hududiy bo'limlari tomonidan belgilanadi, muassasaning rahbariyati bunga mas'ulligi tushuntiriladi va muassasaning xavfsizligini ta'minlashga qaratiladi.

Telegram (https://t.me/shovotseovasjxb)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.