MUZQAYMOQ ISTE’MOL QILISH BORASIDAGI ZARUR TALABLAR VA FOYDALI TAVSIYALAR
MUZQAYMOQ ISTE’MOL QILISH BORASIDAGI ZARUR TALABLAR VA FOYDALI TAVSIYALAR‼️Muzqaymoqlar yozning issiq kunlarida insonlar tomonidan sevib iste’mol qilinadigan, chanqovbosdi, ozuqaviy qiymatga ega sut mahsulotlaridan sanaladi.
📝Muzqaymoqlar belgilangan tartib-qoidalarga ko‘ra turg‘un va ko‘chma savdo nuqtalaridan sotilishiga ruxsat etiladi. Yumshoq (frezerli) muzqaymoqlar faqat turg‘un savdo nuqtalarida sotilishi shart.
BUNI YODDA TUTING!
✅Ko‘cha-ko‘ylarda, belgilanmagan joylarda sotilayotgan muzqaymoqlar, ayniqsa frezerli uskunalarda tayyorlangan muzqaymoqlarni xarid qilmang;
✅erib qolgan, butunligi buzilgan muzqaymoqlarni sotishga ruxsat etilmaydi.
SALOMATLIK UCHUN JUDA MUHIM:
✅Xavfsizligi kafolatlanmagan, saqlash va savdo qoidalariga rioya etilmagan holda sotilayotgan muzqaymoqlarni iste’mol qilish natijasida, ovqatdan zaharlanishlar, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari kelib chiqishi mumkin;
✅ muzqaymoqlar sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlari mavjud bo‘lganida savdo qilinishiga ruxsat etiladi. Qadoqlangan muzqaymoqlar talab etilgan haroratda muzlatkichlarda saqlanishi shart;
✅ muzqaymoq sotuvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va maxsus kiyim bilan ta’minlanishlari shart;
✅ muzqaymoqlarni xarid qilishda ularni saqlash sharoiti, qadog‘i va undagi iste’mol muddatiga doimo e’tibor berish kerak.
⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati
😎Telegram| (https://t.me/sanepidcommittee)😎 Instagram| (https://instagram.com/sanepid__uz)😎 Facebook| (https://fb.me/@sanepidxizmat)😎 YouTube| (https://www.youtube.com/channel/UC4sCgbkdEFtYOQSK-dvOOEQ)😐Veb-sayt (https://gov.uz/oz/sanepid)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
MUZQAYMOQ ISTE’MOL QILISH BORASIDAGI TAVSIYALAR25-07-2025, 09:17
Sut va sut mahsulotlariga gigiyenik talablar.15-04-2025, 09:26
Antisanitar holatda saqlanayotgan muzqaymoqlar bir nechta jihatdan xavfli bo‘lishi mumkin23-04-2025, 09:33
Turli xil konservalardan zaharlanishning oldini olish uchun quyidagi muhim qoidalarga rioya qilish kerak?27-03-2025, 10:50
"Sovuq urgan" sabzavotlarni iste’mol qilish salomatlik uchun xavfli...(mi)?18-02-2026, 09:13











