Leyshmanioz kasalligi qanday tarqaladi ?
Leyshmanioz kasalligi qanday tarqaladi ?Leyshmaniozlar iqlimi iliq-issiq bo‘lgan o‘lkalarda tarqalgan. Bu kasalliklar guruhini leyshmaniylar keltirib chiqaradi. Iskabtopar chivinlari tashuvchi bo‘lib, chaqish yo‘li bilan yuqtiradilar.
Kasallikning yuqish yo‘llari va keltirib chiqaruvchi omillari:
Visseral leyshmanioz bilan uy hayvonlaridan itlar, yovvoyi hayvonlardan esa bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki va jayron;
Teri leyshmaniozi bilan turli mayda kemiruvchilar, cho‘l va yarim cho‘llarda yashovchi qizil dumli qumsichqonlari, tipratikanlar va boshqalar kasallanadi;
Kasallik alomatlari:
Teri leyshmaniozining o‘ziga xos belgisi shuki, hashorat chaqqan joyda uzoq vaqtgacha tuzalmaydigan yara qoladi;
Visseral leyshmaniozida bemorning ichki a’zolari, jumladan jigar, taloq hamda suyak ko‘migi zararlanadi.
Ko‘riladigan choralar:
Kasallikning ilk belgilari sezilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat etilishi hamda uning tavsiyalari asosida davo-muolajalarini olish kerak.
Profilaktik tadbirlar:
Kasallik manbalari hisoblanadigan leyshmanioz bilan kasallangan daydi itlarni yo‘qotish. Veterinariya xodimlari tomonidan itlarni muntazam tekshirilib turilishi;
Kasallik tashuvchi iskabtoparlarga qarshi kurashish maqsadida, xonadonlar ikki qayta insektitsidlar bilan may-iyul oylarida zararsizlantirish ishlarini olib borish;
Qurilish ishlari olib borilayotgan joylarni, ayniqsa, odamlar yashaydigan hovli atroflarini toza tutish;
Uy yaqinida xo‘jalik hamda maishiy chiqindilarni to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Xonadonlardan chiqqan hamma chiqindilar o‘z vaqtida maxsus joylarga tashib olib ketilishini yo‘lga qo‘yish;
Iskabtoparlar va hashoratlar ko‘paymasligi uchun kir o‘ralar, hojatxonalar doimo yopiq holda saqlash;
Xonadonlar va xo‘jaliklardagi pollarning tirqishlari ochilib qolishiga yo‘l quymaslik;
Iskabtoparlar ko‘payishi va ularning kunduzgi yashaydigan joylarni, xo‘jalikka yaqin joydagi kemiruvchilarni yo‘qotish va ularning inlarini ko‘mib tashlash;
Yertula va molxona, tovuqxonalarni tez-tez tozalab turish;
Odamlar yashaydigan joylarda radiusi 1-1,5km gacha bulgan masofadagi, kemiruvchi xayvonlar inlarini zaharli insektitsidlar bilan dorilash. Endemik o‘choqlarda ishlaydigan odamlarga maxsus kremlardan surtish va chivin chaqmasligi uchun pashshaxonalardan foydalanish tafsiya kilinadi.
🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati
Telegram Instagram Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Leyshmanioz – xavfli kasallik, unga beparvo bo‘lmang!27-03-2025, 10:53
Leyshmanioz kasalligini oldini olish maqsadida Shovot tuman Bo'ston mahallasida joylashgan qum maydonida katta qum sichqonlarga qarshi 1 tur deratizatsiya ishlari amalga oshirildi27-03-2025, 10:48
BRUTSELLYOZ: ISH QOBILIYATINI YO‘QOLISHI VA HATTO NOGIRONLIKKA HAM OLIB KELISHI MUMKIN...1-03-2025, 09:59
" Sariq kasalligi" qanday kasallik11-09-2024, 12:18
BA'ZI OTA - ONALAR AKDS VAKSINASIDAN FARZANDLARIDA KUZATILADIGAN ISITMA SABABLI IKKILANISHADI6-02-2025, 10:53











