Ishonch telefoni
Bosh sahifa » --- » Qizamiq asorati bilan xavfli

Qizamiq asorati bilan xavfli

30-03-2026, 15:17
7
Qizamiq asorati bilan xavfli
Qizamiqning asoratlari juda xavfli hisoblanadi. Garchi ko'pchilik uni oddiy bolalar kasalligi deb bilsa-da, u organizmning barcha tizimlariga jiddiy zarar yetkazadi.Qizamiq keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan asosiy asoratlar quyidagilardir:- Pnevmoniya qizamiqdan o'lim holatlarining eng ko'p uchraydigan sababidir.
- Ensefalit juda xavfli asorat bo'lib, u tortishish, karlik va aqliy zaiflikka olib kelishi mumkin.
- O'rta quloq yallig'lanishi yoki ko'z shox pardasi shikastlanishi mumkin.
- Kuchli diareya organizmning suvsizlanishiga olib keladi, bu ayniqsa kichik bolalar uchun hayotiy xavf tug'diradi.
Nima uchun xavfli?
Qizamiq virusi immunitet tizimini "o'chirib" qo'yadi, bu esa organizmni boshqa har qanday infeksiyalarga qarshi himoyasiz qilib qo'yadi. 

Hozirgi kunda ushbu asoratlardan himoyalanishning yagona va eng samarali yo'li—emlanishdir

Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati

Telegram  Instagram  Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.