Yosh mutaxassislar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi


Yosh mutaxassislar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi
Yosh mutaxassislar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish maqsadida targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi.Uchrashuvlar doirasida “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” mavzusida suhbatlar o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, fuqarolarning huquq va erkinliklari, burch hamda majburiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yosh mutaxassislarga amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish, xizmat va kundalik faoliyatda qonuniylik tamoyillariga amal qilish, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, huquqiy bilimlarni muntazam oshirib borishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Bunday targ‘ibot tadbirlari yosh mutaxassislarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda sog‘lom ma’naviy-ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
“Terrorizm va diniy ekstremizm – davr muammosi” mavzusida diniy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazish15-10-2026, 16:24
“Ustoz-shogird” an’anasini davom ettirish14-09-2026, 16:16
“Ustoz-shogird” an’anasini davom ettirish14-10-2026, 16:18
Bolalar orasida uchraydigan gelmintozlar profilaktikasi boʻyicha qilinayotgan ishlar.1-06-2026, 14:54
YOSHLAR VA SPORT2-10-2026, 16:26











