Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

7-08-2026, 14:41
29
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Kuni kecha 06.08.2026-yil kuni
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati Shovot tumani bo‘limi boshlig‘i M.K. Axmedov hamda Turkiston mahallasida istiqomat qiluvchi bitiruvchi yosh Jumaboyeva Muhlisa bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida bitiruvchini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, bandligini taʼminlash va ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi hamda tegishli tavsiyalar berildi.
Yoshlar bilan o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini taʼminlashga qaratilgan tizimli ishlarning muhim qismi hisoblanadi.

Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman axborot xizmati

Telegram  Instagram  Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.