Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Bo'lim haqida / Bo'lim faoliyati » "Dolzarb 40 kun" – obod va ozoda muhit sari!

"Dolzarb 40 kun" – obod va ozoda muhit sari!

29-07-2026, 11:37
26
🇺🇿 "Dolzarb 40 kun" – obod va ozoda muhit sari!
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz boʻylab amalga oshirilayotgan "Dolzarb 40 kun" umumxalq obodonlashtirish tadbirlari doirasida Xorazm viloyati Sanepid qoʻmitasi Shovot tumani boʻlimi hududida keng koʻlamli tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida boʻlim hududi va uning atrofi begona oʻtlardan tozalandi, chiqindilar yigʻishtirildi, yashil hududlar tartibga keltirildi hamda sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bunday ezgu tashabbuslar hududlarda tozalik va sanitariya madaniyatini yuksaltirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qiladi.
🌿 Toza va obod muhit – sogʻlom hayot garovi!

🔰Sanepidqo‘mita Xorazm viloyati Shovot tuman bo'limi axborot xizmati

Telegram Instagram Facebook
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.